Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar
12.09.2016 21:51,  
3

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan muzokara o‘tkazdi va ular ikki tomonlama munosabatlar masalasini muhokama qildilar, deb xabar berdi Qozog‘iston yetakchisining matbuot xizmati.

Uchrashuv davomida Nazarboyev 2 sentyabr kuni vafot etgan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning o‘zbek davlatchiligi taraqqiyoti va ikki davlatning o‘zaro munosabatlariga qo‘shgan hissasini yana bir bor e’tirof etdi.

Qozog‘iston prezidenti ikki davlat xoh ikki tomonlama, xoh xalqaro tashkilotlar faoliyati doirasida har qanday masala yuzasidan o‘zaro yechim topa olganini ta’kidladi.

Nazarboyev ikki davlat o‘rtasidagi “qardoshlik munosabatlarini” bundan buyon ham mustahkamlash lozimligini bildirdi. Nazarboyev va Mirziyoyev  ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shuningdek muhim hududiy va xalqaro mavzular bo‘yicha fikr almashdilar, deyiladi xabarda.

Ilgariroq Nazarboyev Samarqandga tashrifi doirasida Islom Karimov qabriga gul qo‘yib, xotirasiga hurmat bajo keltirdi, shuningdek Karimovning oilasi bilan uchrashib, Qozog‘iston xalqi va shaxsan o‘z nomidan hamdardlik bildirdi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан