Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganlik 75 yoshli sayohatchiga velosiped va sovitgich sovg‘a qilishdi
15.09.2016 12:30,  
2

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida yaqinda tashkil etilgan «Namangan haydovchilari» («Voditeli Namangana») guruhi a’zolari 14 sentyabr, chorshanba kuni O‘zbekiston Birinchi Prezidentining qabrini ziyorat qilish uchun Samarqandga velosipedda sayohat qilgan 75 yoshli Husan boboning uyiga tashrif buyurdi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga tayanib, Daryo xabar bermoqda.

Oqsoqol ikki g‘ildirakli transportda 500 kilometrdan ziyod yo‘l bosdi. Uning velosayohati haqida OAVlar yozdi, u haqdagi syujet Rossiyaning «Zvezda» va «NTV» telekanallarida ham namoyish etildi.

Husan Hojiboyevning Islom Karimov qabrini ziyorat qilish istagi namanganlik haydovchilarga shunchalik ta’sir qildiki, ular internetda tashabbus boshlab, velosayohatchiga sovg‘alar olish uchun pul to‘pladi. Ular O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan sovitgich sotib olish uchun yetarli mablag‘ to‘play oldi.

Shuningdek, «Toshkent haydovchilari» («Voditeli Tashkenta») guruhi ham tashabbusdan chetda qolmadi va Husan boboga velosiped keltirdi.

Ular birgalikda Husan boboning Namangan viloyati Chortoq tumani Karaskan qishlog‘idagi uyiga barcha sovg‘alarni, shuningdek, biroz pul mukofotini ham olib keldi.

Xursandchilikdan boshi ko‘kka yetgan oqsoqol, sovg‘alar uchun minnatdorlik bildirdi va shu zahoti yangi velosipedni minib, o‘z qishlog‘i ko‘chalarini sayr qildi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан