Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimidan ozod etildi
20.09.2016 16:59,  
4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 18 sentyabr kuni Yunusobod tumani hokimligida Toshkent shahri va tumanlari hokimliklari, boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari va faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda «Toshkent oqshomi» gazetasi xabar bermoqda.

Ish faoliyatida muntazam qoloqlik va jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shomansur Ahmedov hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Saidakbar Po‘latov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Tumanning bir qator mutasaddi idoralari rahbarlari – prokuror Timur Normuhammedov, davlat soliq inspeksiyasi rahbari Abdurauf Karimov jiddiy ogohlantirildi.

Toshkent shahar hokimligi va tumanlar rahbariyati zimmasiga qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish, kuzgi-qishki mavsumga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rish, aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha belgilangan dasturlarni o‘z vaqtida va sifatli tarzda amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан