O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Sergeli tumaniga tashrif buyurib, taaluqli tashkilotlarga yer usti metrosi qurilishini tezlashtirini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Jahon" axborot agentligi.
Tumanga uyushtirilgan tashrif davomida, Shavkat Mirziyoyev uy-joy va ijtimoiy ob’yektlar qurilishi hamda kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayorgarlik ishlari bilan tanishib chiqdi. Prezident vazifasini bajaruvchi eskirgan binolar o‘rniga yangilarini qurish, ko‘p xonadonli uylarda yashash sharoitlarini yaxshilash hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor berdi.
Jamoat vakillari, shahar rahbariyati va mutaxassislar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, Sergeli tumanida 2017-2022 yillarda 500ta ko‘p xonadonli uylar qurilishi loyihasida alohida to‘xtalib o‘tdi. Ushbu loyiha 30 ming aholini yangi uy bilan ta’minlash masalasini hal qilishi kerak. Yangi qurilgan uylardagi xonadonlar imtiyozli ipoteka kreditlari asosida aholiga topshirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, poytaxtning barcha tumanlarida yangi bog‘lar qurilishi va yashil hududlar tashkil qilish, yangi transport kommunikatsiya tarmoqlari, madaniy-maishiy ob’yektlar qurilishi hamda yer usti metro yo‘li qurilishini jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev, belgilangan ushbu loyihalar kelajakda nafaqat Sergeli tumaning, balki Toshkent salohiyatini oshirishini ta’kidladi.
Uchrashuv qatnashchilari, poytaxtda hayot darajasi va sifatini oshirish masalasi doimo diqqat markazida bo‘lishi kerakligini aytib o‘tishdi. Muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.
Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Сўнгги янгиликлар
25.09.2023 15:06,
4
AsiaExpress pul o‘tkazmalari MKBANKda!
20.09.2023 15:22,
0
Kutib oling MKBANKdan Premial Visa kartalari
Shavkat Mirziyoyev Sergeliga yer usti metrosi qurilishini tezlashtirishni buyurdi
26.09.2016 18:33,
24
Tavsiya etamiz
25.09.2023 15:06,
4
AsiaExpress pul o‘tkazmalari MKBANKda!
13.09.2023 15:25,
1
MKBANKda quyosh panellari o‘rnatish uchun 150 mlrd.dan ortiq kreditlar ajratildi
23.01.2023 16:04,
405
Bloomberg: 2023 йилда Европа тарихдаги энг ёмон қарз инқирозига дуч келиши мумкин
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston
12.01.2021 21:57,
460
O‘zbekiston
23.11.2020 23:19,
340
O‘zbekiston
13.11.2020 13:33,
234
Biznes-port
30.10.2020 15:00,
144
Ҳар доим хабардор бўлинг!
carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан