Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kolumbiyada uzoq kutilgan tinchlik bitimi imzolandi
27.09.2016 14:00,  
2

Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos va so‘l isyonchilar guruhi (FARK) yetakchisi Timoleon Ximenes 50 yillik qurolli qarama-qarshilikdan so‘ng tinchlik bitimini imzolashdi va bir-birlaridan kechirim so‘rashdi.

Kolumbiya hukumati va isyonchilar o‘rtasidagi ziddiyat Yer sayyorasining g‘arbiy yarimshari tarixida eng uzoq vaqt davom etgan nizo hisoblanadi – 52 yil. Tomonlar to‘rt yillik muzokaralardan so‘ng avgust oyida kelishuvga erishishdi. Bitim imzolangani hamono tashkilot yetakchisi o‘z askarlariga qurollarni topshirish va o‘t ochmaslik rejimiga amal qilishga buyurdi. Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos ham nizolar to‘xtatilgani haqida ma’lum qildi.

Kelishuv isyonchilarni afv etish (og‘ir harbiy jinoyatlarni sodir etganlar bundan mustasno), sobiq isyonchilarning jamiyatga integratsiyalashuvini yo‘lga qo‘yish, Kolumbiyada yer islohotlarini o‘tkazish, shuningdek, urush yillaridagi jinoyatlarni sud qilish uchun mahkamalar tashkil etishni nazarda tutadi.

Kelishuvning ba’zi punktlariga ko‘ra FARK hukumatdan konstitutsion o‘zgarishlar talab etishga haqli va bu masala oktyabr oyidagi referendumda ko‘rib chiqiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан