Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Buxoroda paxta o‘g‘rilari qo‘lga olindi
28.09.2016 18:25,  
35

Shofirkon tumanidagi "Iskogare" qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchilar A.Hayot, B.Niyoz va B.Shavqiddin (huquqbuzarlar ism-sharifi to‘liq ko‘rsatilmagan) noma’qul ishga qo‘l urdi. Ko‘pning rizqini "tuya" qilmoqchi bo‘lgan bu kimsalar shu yilning 20 sentyabr kuni kech soat 21:00 larda "Abbos Abdurahmon Bahriddin" fermer xo‘jaligi paxta dalasida traktor tirkamasiga yuklangan paxtani yashirincha qoplarga solib, Shavqiddinga tegishli bo‘lgan "Ford" rusumli avtomashinasiga yuklayotganlarida qo‘lga tushdilar. Bu o‘g‘irlik tuman IIBning payhon va paxta xomashyosini talon-toroj qilinishining oldini olish maqsadida tuzilgan guruhi tomonidan fosh qilindi. Bu haqda “Buxoronoma” gazetasi saytida xabar berildi.

— Biz fermerlarning terilgan paxtasini nest-nobud qilmay qabul maskaniga kiritishlarini va dalada qolib ketmasligini nazorat qilib, aylanib yurganimizda paxta dalasida avtomashina fonarining yorug‘i ko‘rindi, — deydi tuman IIB HOOB profilaktika inspektori, kapitan Alisher Xoliqov. — Darrov hamrohlarim bilan ikkiga bo‘linib, avtomashinani qurshovga oldik. Qarasak, tirkamadagi paxtani qopga solib, avtomashinaga yuklashayapti. Tezkor choralarni ko‘rib, dalada izg‘ib yurgan "tungi mehmonlar"ning kimligini aniqladik. Ulardan biri fermerning ukasi bo‘lib chiqdi. Shundan so‘ng fermerni chaqirdik.

...Oradan ikki yarim soatlar o‘tgach, guruh "Jo‘ynav" qishloq fuqarolar yig‘ini hududidan kelayotgan yana bir "Ford" rusumli avtomashinasiga to‘xtash ishorasini ko‘rsatdi. Ammo haydovchi to‘xtamay, avtomashinasini yelday uchirib ketdi. Kapitan A.Xoliqov zudlik bilan tuman IIB navbatchilik qismiga bu holat bo‘yicha axborot berdi va tezkor-tergov guruhini yordamga chaqirdi.

Qochoq avtomashina ko‘p o‘tmay qurshovda qoldi. Shu bois ham haydovchi va uning sherigi avtomashinadan tusha solib, to‘g‘ri kelgan tomonga qochdi. Ammo "Buzoqning yugurgani somonxonagacha" deganlaridek, osoyishtalik posbonlari tomonidan ular tezda qo‘lga olindi. "Ford" avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, u 1 tonnaga yaqin paxta xomashyosi bilan to‘ldirilgani aniqlandi. Paxta o‘g‘irligini tumanning Sh. Hamroyev qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qilib kelayotgan A.Nodir va H.Aliyor ismli kimsalar sodir etishgandi.

Mazkur holatlarni fosh etishda hudud profilaktika inspektorlari, kapitan A.Xoliqov hamda leytenant Yo.Salimovlar, katta serjant H.Shomurodov va EKG katta eksperti, katta leytenant J.Boboqulovlar, qolaversa, "Talisafed" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, iste’fodagi serjant A.Soliyev hamda mahalla posboni, jamoat tuzilmalari rahbari H.Xolovlarning jonbozligini alohida ta’kidlash lozim. "Oq oltin" o‘g‘rilariga qaytsak, ularga taalluqli hujjatlar daliliy ashyo bilan birgalikda tegishli huquq-tartibot idoralariga o‘tkazildi. Ular qing‘ir qilmishlari uchun qonun oldida javob berishadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан