Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh vazirning virtual qabulxonasiga propiska masalasi bo‘yicha ko‘plab shikoyatlar tushmoqda
11.10.2016 14:29,  
4

Bosh vazirning virtual qabulxonasi orqali Ichki ishlar vazirligiga kelib tushgan jami murojaatlarning 40 foizini propiska masalasi tashkil etadi.

O‘zA muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida qonun ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida Ichki ishlar vazirligi inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Turg‘unov bilan suhbatlashdi.

-€“ O‘zbekiston hukumati portalida ochilgan mamlakat Bosh vazirining virtual qabulxonasi orqali tushayotgan murojaatlarda Ichki ishlar vazirligiga taalluqli savollar ham bo‘lishi tabiiy. Bu murojaatlar bilan ishlash qanday tashkil etilmoqda?

-€“ Vazirligimizda Bosh vazirning virtual qabulxonasi orqali kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlovchi maxsus bo‘lim tashkil qilindi. Bo‘lim zaruriy texnik vositalar bilan to‘liq ta’minlandi va uning faoliyati alohida nazoratga olindi. Kelib tushayotgan murojaatlarning tez va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida ular faqat vazirlikning markaziy apparati tomonidan ko‘rib chiqilishi yo‘lga qo‘yildi.

Virtual qabulxona orqali Ichki ishlar vazirligiga jami 3,5 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi. Ularning 40 foizi propiska, biopasport olish va fuqarolik masalalariga taalluqli. Murojaatlarning 80 foizdan ortig‘i Toshkent shahri hamda Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, murojaatlarning ma’lum qismini ichki ishlar organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan, fuqarolarga nisbatan sodir etilgan o‘g‘irlik, firibgarlik, shuningdek, tergov harakatlarini amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, profilaktika inspektorlari faoliyati yo‘nalishida, ichki ishlar organlariga ishga kirish va qayta tiklash hamda shu kabi boshqa masalalar tashkil etayotir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан