Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pornografik materiallarni respublikamiz hududiga olib kirishga uringan fuqarolar fosh etildi
13.10.2016 16:46,  
25

Jumladan, "G‘ishtko‘prik" bojxona kompleksi orqali qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro O.Tursunov uyali aloqa vositasi xotirasida 104 dona behayo mazmundagi video fayllarni olib kirishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.

Shuningdek, mazkur kompleksda bojxonachilar poytaxtlik R.Turgunovning ham qing‘ir qilmishlariga chek qo‘yishdi. U bojxona nazoratidan yashirincha telefon xotira kartasida 277 dona video va foto materiallarni olib kirishga uringani aniqlandi.

Buxoro aeroportida Moskvadan uchib kelgan A.Jumayevning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, unga tegishli qo‘l telefoni xotirasiga 173 dona behayo mazmundagi videlavhalar joylashtirganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida respublikamiz bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 2200 dan ortiq bojxona qoidabuzarliklari natijasida 67,8 ming donadan ortiq turli shakldagi behayo mazmundagi materiallarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasining axborot xizmati ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан