Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent shahar hokimi: “Ajrashayotgan har 5 ta ayoldan bittasi qayta turmush quryapti”
16.10.2016 13:59,  
34

Avvalroq, Toshkent shahri ajrimlar borasida respublikada rekord natija qayd etayotgani, so‘nggi to‘qqiz oy davomida ajrim holatlari 32 foizni tashkil etayotgani va bu vaziyat hukumatni qattiq tashvishga solayotgani haqida xabar bergan edik. Ayni shu masalaga bag‘ishlanib tashkil etilgan yig‘ilishda qator masalalar atroflifa tahlil etildi, oilalarning ajrimiga sabab bo‘layotgan muammolar ko‘rib chiqildi.
 
Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov bu masala kun sayin jiddiy tus olayotganini e’tirof etar ekan, ayni damda mazkur muammo O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi-Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevni ham tavishlantirayotganini ma’lum qildi.
 
Toshkent shahar hokimiyati tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Qurbonov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi Habibullo To‘raxo‘jayev, Toshkent shahar prokurori Botir Qudratxo‘jayev, qolaversa, deputatlar, tuman hokimlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari ishtirok etdilar.
 
Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar, xususan, Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Respublika xotin qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov ajrimlar kelib chiqishiga asosan ayollar o‘rtasidagi mayda gap-so‘zlar sabab bo‘layotgani, erkaklar oilada o‘z vazifa va burchlarini unutib qo‘yayotganini alohida ta’kdiladilar.
 
“Ajrashayotgan oilalarda asosan ayollarimiz aziyat chekishyapti. Na qo‘lida “propiska”si bor va na huquqlarini talab qilishga bir yo‘l. Ikki o‘rtada voyaga yetmagan bolalari bilan ko‘chada qolishyapti. Ularning kelgusi taqdirini kim o‘ylashi kerak? Ota o‘z farzandlarining taqdirini o‘ylamasa, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari esa masalaning boshi va oxirini to‘liq anglamay, ishni sudga yoki FXDYoga oshirib yuboraversa, Yarashtiruv komissiyalari o‘z faoliyatini vijdonan ado etmasa, sudyalar jabrlanuvchilarning ishtirokisiz ham oilalarni surishtirib o‘tirmay ajratib yuboraversa, xo‘sh, bularga kim mas’ul bo‘lishi kerak? Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatyaptiki, oilasidan ajrashayotgan har beshta ayolning bor-yo‘g‘i bittasigina qayta turmush quryapti. Xo‘sh, qolganlarining taqdirichi? Bugun bu masalalarga o‘z vaqtida yechim topmasak, ajrimlar soni kun sayin ortaveradi.
 
Eng avvalo, har bir mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, mahalla maslahatchilari, Yarashtiruv komissiyasi a’zolari, sudyalar, Ichki ishlar xodimlari ajrim bo‘layotgan oilalarning ishiga vijdonan, mas’uliyat bilan yondashsa, ularga o‘z yaqini, farzandlariga esa o‘z nabirasidek qarasa, ularning kelgusi taqdirini o‘ylasa, bunday holatlar kamayadi.
 
Olmazor tumanida 9 oy davomida 42 ta ajrim kuzatildi. Bektemirda esa 88 ta. Bu esa tumanlarda ish tizimli tashkil etilmaganidan, hokimlar o‘z vazifasini sidqidildan bajarmayotganidan dalolat”, deydi Rahmonbek Usmonov jiddiy ohangda.
 
Toshkent shahar hokimi bugun ajrimlar nafaqat Toshkent shahri, balki butun mamlakat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri ekanini ta’kidlar ekan, hamma shart-sharoit yaratilgan, kelinlar ortiqcha xizmatlardan holi bo‘lgan poytaxt shaharda ajrimlarning ortishini faqat va faqat “To‘qlikka sho‘xlik”, deb baholadi.
 
“Ajrimlarga aloqador bo‘lgan tashkilotlar o‘z ishini faqat rejani bajarish, qog‘ozdagi ishlarni joy-joyiga qo‘yish uchun qilyapti, xolos”, deydi Usmonov.
 
U Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi Habibullo To‘raxo‘jayevga yuzlanib, hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi kelishuvlar yuzaki bo‘lib qolayotgani, hamkorlik qog‘ozda qolib ketganini aytdi va sudlarni ajrim masalalarini ko‘r-ko‘rona hal etib, jabrlanuvchilarsiz ham oilalarni ajratib yuborayotganlikda, mahalla, hokimliklar, yarashtiruv komissiyalari bilan hamkorlikni qoniqarli darajada o‘rnata olmaganlikda aybladi. Qo‘shma qarorga ko‘ra, ajrimlar bilan bog‘liq masalalar sayyor sud majlislarida maktab, akademik litsey va kollejlari zallarida, oddiy fuqarolar ishtirokida ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan. Bu boshqa oilalarning ham ajrashishi olidini olishda eng maqbul usul sifatida tanlangan, “...biroq sudyalar ajrim masalalarini sayyor sud yig‘ilishlarida emas, ortiqcha ovvoragarchiliksiz, issiq o‘rnida hal etyapti”, deydi Usmonov.
 
Yig‘ilishda qator masalalar muhokama etildi. Vaziyat jiddiy tus olganini esa so‘zga chiqqanlar keltirgan dalillardan ham anglash mumkin. Mavzuga yana qaytamiz. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан