Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev: Yaqin Sharq yadrosiz hududga aylanishi kerak
18.10.2016 14:33,  
8

Bugun Toshkent shahrida Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi o‘z ishini boshladi.

Yaqin Sharqda yadro qurolidan holi hududni barpo etish Islom Hamkorlik Tashkilotining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lishi lozim, deb ta’kidladi seshanba kuni O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Toshkentda boshlangan IHT TIVK kengashi ochilish marosimida.

"O‘zbekiston oldida turgan yana bir muhim vazifa yadro qurolidan holi hududlar geografiyasini kengaytirishdan iborat. Mamlakat Yaqin Sharqda yadrosiz hudud g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi", — deb qayd etdi Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan IHT TIVK 43-sessiyasi ochilish marosimida

Mirziyoyev IHT TIVKning yaqin bir yil ichidagi ustuvor vazifalaridan biri ana shunday hududni barpo etish bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

O‘zbekistonning raislik davomidagi muhim vazifalari to‘g‘risida so‘zlar ekan, Shavkat Mirziyoyev IHTga a’zo davlatlarning intellektual, ilmiy-texnik va texnologik salohiyatini mustahkamlash va taraqqiy ettirish zaruriyatini ta’kidlab o‘tdi.

Toshkentdagi yig‘ilish davomida yuzdan ortiq rezolyusiyalar, xususan, IHT kun tartibining asosiy masalalari aks etgan Toshkent deklaratsiyasi, tashkilot TIVKda O‘zbekiston raisligining ustuvorliklarini tasdiqlash rejalashtirilgan.

IHT 1969 yil sentyabrda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda islom birdamligini ta’minlash uchun tashkil etilgan. 2011 yilga qadar u Islom konferensiyasi tashkiloti nomi bilan atalgan. IHTga 57 mamlakat a’zo. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1996 yilda a’zo bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан