Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonda Islom ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilishi mumkin
18.10.2016 14:45,  
7

Samarqandda Islom hamkorligi tashkiloti yordamida Islom ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bildirdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Biz Samarqand shahrida islom dunyosi olimlari va donishmandlari merosini o‘rganish bo‘yicha Islom hamkorligi tashkiloti yordamida Islom ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish taklifini bildiramiz", — dedi Shavkat Mirziyoyev Toshkentda IHT tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi ochilish marosimida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday markazning tashkil etilishi O‘zbekistonning IHT TIVKdagi "ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik yo‘li" shiori ostidagi raisligining ustuvor maqsadlaridan biridir.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston zaminida Imom al Buxoriy, Imom at Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, al Xorazmiy, Imom al Moturidiy kabi islom olamining buyuk va mashhur namoyandalari yashab o‘tishganini eslatib o‘tdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан