Avvalroq, Toshkent shahar hokimiyati tomonidan oilaviy ajrimlar masalasiga bag‘ishlangan katta yig‘ilish o‘tkazilgani, unda Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Qurbonov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi Habibullo To‘raxo‘jayev, Toshkent shahar prokurori Botir Qudratxo‘jayev, qolaversa, Toshkent shahridagi tumanlar hokimlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va ularning maslahatchilari ishtirok etgani haqida xabar bergan edik. Bu haqda "Qalampir" xabar bermoqda
Mazkur yig‘ilish so‘nggida Toshkent shahar hokimi yangi qaror ustida ish boshlab yuborilgani, unga ko‘ra, Toshkent shahrida ajrashgan har bir oila haqida ma’lumotlar – oila vakillarining ism-familiyasi bundan buyon “Toshkent” telekanali va “Toshkent oqshomi” gezetasida berib borilishi haqida ma’lum qildi. Shahar hokimi bu ishga jiddiy kirishar ekan, ajrashayotgan oilalar haqidagi ma’lumotlarning televideniye orqali tarqatilishi, ajrimlarning kamayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini qayd etdi.
“Ajrashayotgan er-xotinlarning ism-familiyalarini hozircha har 15 kunda soat 23:00da efirga uzatiladigan dasturda, o‘zgarish bo‘lmasa, soat 21:00da e’lon qilamiz. Agar yaqqol natija sezilmasa, ajrashayotgan oila a’zolarining suratini efirga uzatamiz. Bu bilan biz hech kimning haq-huquqlarini toptamaymiz, aksincha, ochiq ma’lumotlarni ommaga taqdim etamiz”, deydi Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov.
Hokimning ma’lum qilishicha, oilaviy ajrimlarga sababchi bo‘layotganlar, xususan, qaynota-qaynonalar, kelinlarni ommaviy muhokamaga olib chiqib, ular ishtirokida teleko‘rsatuvlar tayyorlanadi.
Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Сўнгги янгиликлар
25.09.2023 15:06,
4
AsiaExpress pul o‘tkazmalari MKBANKda!
20.09.2023 15:22,
0
Kutib oling MKBANKdan Premial Visa kartalari
Toshkentda ajralishlarning oldini olish uchun yangi chora o‘ylab topildi
19.10.2016 17:18,
102
Tavsiya etamiz
25.09.2023 15:06,
4
AsiaExpress pul o‘tkazmalari MKBANKda!
13.09.2023 15:25,
1
MKBANKda quyosh panellari o‘rnatish uchun 150 mlrd.dan ortiq kreditlar ajratildi
23.01.2023 16:04,
405
Bloomberg: 2023 йилда Европа тарихдаги энг ёмон қарз инқирозига дуч келиши мумкин
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston
25.09.2023 15:08,
8
O‘zbekiston
21.09.2023 15:33,
2
Ҳар доим хабардор бўлинг!
carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан