Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Germaniyada "normand to‘rtligi" sammiti boshlandi
20.10.2016 01:24,  
6

«Normand to‘rtligi» a’zolari rahbarlari Germaniya poytaxti Berlin shahriga yetib keldi va sammit boshlandi.

Germaniya federal respublikasi kansleri Angela Merkel taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Fransiya rahbari Fransua Olland hamda Ukraina prezidenti Petro Poroshenko muzokaralar uchun yig‘ilgan.

Mezbon birinchi bo‘lib ukrainaliklar yetakchisini qabul qildi, bir necha daqiqalardan keyin fransuzlar rahbari yetib keldi. Putin mahalliy vaqt bilan soat 18:00da (Toshkent vaqti bilan soat 21:00) kutib olindi.

DPA ma’lumotiga ko‘ra, Putin oxirgi bor Germaniyaga 2013 yilda, Hannover sanoat yarmarkasida ishtirok etish uchun kelgandi.

Rossiya, Germaniya, Fransiya va Ukraina rahbarlari muzokaralarda Ukraina sharqidagi qurolli mojarolarni muhokama qilishadi. Tomonlar Donbassdagi saylov hamda qo‘shinlarning ortga qaytarilishi masalasini ham ko‘rib chiqishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Rossiya prezidenti germaniyalik hamda fransiyalik hamkasblari bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishi belgilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан