Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent aeroporti - dunyoning eng yomon aeroportlari beshligidan o‘rin oldi
20.10.2016 14:50,  
3

The Guide to Sleeping in Airports sayti dunyoning eng yomon va eng yaxshi aeroportlari ro‘yxatini e’lon qilgan. Tadqiqot davomida 26 mingdan ziyod sayohatchilar fikri o‘rganilgan. Qulayligi, tozaligi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish (servis) sifatiga qarab baho berishgan. Bu haqda Sputnik nashri yozmoqda.

Eng yomon aeroportlar ro‘yxatining birinchi o‘rinda Nigeriyadagi Port Harcourt International Airport egallagan. Xizmat ko‘rsatish sifati pastligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Saudiya Arabistonidagi King Abdulaziz International Airport aeroporti kelmoqda. Uchinchi o‘rinda — Nepaldagi yagona xalqaro aeroport (Kathmandu Tribhuvan International Airport) turibdi.

To‘rtinchi o‘rin — Toshkent Xalqaro aeroportiga ajratilgan. 

Eng yomon aeroportlar beshligini esa Karakasdagi Caracas Simón Bolívar International Airport xalqaro aeroporti yakunlaydi.

Singapur (Changi International Airport), Seul, Janubiy Koreya (Incheon International Airport), Tokio, Yaponiya (Haneda International Airport), Tayvan (Taoyuan International Airport) hamda Gongkong (Hong Kong International Airport) aeroportlari esa eng yaxshi aeroportlar beshligi sifatida e’tirof etilgan.
 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан