Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"O‘zneftmahsulot" benzin taqchiligiga qarshi ortiqcha benzin g‘amlayotgan haydovchilarga chora ko‘rish orqali kurashmoqchi
21.10.2016 11:49,  
2

Ayni kunlarda mamlakatimizda yoqilg‘i yetishmovchiligi kuzatilayotganligi sir emas. Bu holat bir necha oydan buyon davom etayotgani esa ko‘pchilik haydovchilarga noqulayliklar tug‘dirmoqda. Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahridagi ba’zi yoqilg‘i quyish shahobchalari o‘z faoliyatini to‘xtatishga ham majbur bo‘lgan. 

“O‘zneftmahsulot” AK haydovchilardan turli gap-so‘zlar va shov-shuvlarga ishonmaslikka chaqirmoqda. Bu borada “Xavotirga o‘rin yo‘q”, deyiladi kompaniya xabarida.
 
“O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga bu boradagi murojaatlarning soni ko‘payib ketganligi bois kompaniya rasmiy saytida ayni holatga rasman izoh berib o‘tdi. Xabarda keltirilishicha, aslida benzin tanqisligi kompaniya faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan sabablar orqali amalga oshmoqda.
 
Birinchidan, ba’zi haydovchilar me’yoridan ortiq miqdorda benzin olishmoqda. Ayrim haydovchilar buni o‘zlari uchun g‘amlab qo‘yayotgan bo‘lsalar, yana ayrim kimsalar esa daromad olish maqsadida ortiqcha benzin sotib olmoqda.
 
Ikkinchidan, mamlakatimiz bo‘ylab avtomobillar sonining ortishi ham yoqilg‘i tanqisligi yuzaga kelishiga sabab bo‘layotgan omillardan biridir.

Alohida ta’kidlash zarurki, turli maqsadlarda ortiqcha miqdorda benzin g‘amlab qo‘yish holatlariga qarshi “O‘zneftmahsulot” AK “O‘zdavneftgazinspeksiya” va tegishli huquqni muhofaza qilish organlari bilan birga zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishni mo‘ljallamoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан