Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"O‘zneftmahsulot"ning oldi-qochdi javobini ochiqchasiga tahlil qilamiz
21.10.2016 19:25,  
85

"O‘zneftmahsulot"

aksiyadorlik kompaniyasining

murojaatiga qarshi murojaat.

 Murojaat bunday bo‘ladi.  

     Ichki OAVlarimiz orqali juda oz miqdorda tahliliy maqolalarni qo‘yib borilmoqda. Barchasi mutaxassis xulosasi. Ammo bizning o‘z xulosalarimiz ham bor. Bu biz uchun muhim. ("Xulosa o‘zingizdan" deb tugallanadigan ko‘rsatuvlarimizga ehtiyoj yuqori.)

      Har yilgi oktyabr-noyabr oylaridagi soxta benzin taqchilligi biz uchun yangilik bo‘lmay qoldi. Har yil shu taqchillikdan so‘ng benzin narxi ko‘tariladi. Monopoliyachi tashkilotlarning nufuzi balandligidanmi ular tomonidan belgilangan narxga hatto Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi ham e’tiroz bildirmaydi. Faqat men e’tiroz bildiraman, shuning uchun ham men yomonman.

 "O‘zneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi so‘nggi kunlarda Toshkent shahrida avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida navbatlar kuzatilayotgani yuzasidan murojaat bilan chiqdi, - deyiladi mazkur xabarda.

     Bu murojaatni tahlil qilamiz, endi. Viloyatlardagi avtomobillar uchun yonilg‘i taqchilligi odatiy holga aylandimi? Nima sababdan viloyatlarga mendan boshqa hech kim e’tibor qilmayapti? Qani mas’ul shaxslar? Xususan, Navoiy viloyatiga avtomobil yonilg‘isini uzluksiz yetkazib berish qachondan (aniq vaqt kerak) yo‘lga qo‘yiladi?

 (Endi "O‘zneftmahsulot"ning bahonalarini ko‘rib chiqamiz)

...shahrimizga viloyatlardan qatnayotgan ko‘pchilik avtomobillar egalari chayqovchilik niyatida turli yo‘llar bilan keragidan ortiqcha miqdorda avtobenzin olib chiqib ketishmoqda...

...aholi orasida AYoQShlarda avtobenzin kamayib ketishi haqidagi xabarning tarqatilayotgani ko‘rsatilgan...

...ayrim avtomobil egalari o‘z uylari yoki garajlarida avtobenzinni zaxira qilib qo‘yishga kirishishgan...

...avtomobillar sonining yildan-yilga ko‘payib borayotganligi ko‘rsatiladi...

TAHLIL:

1. Birinchi asosiy sabab, ya’ni asosiy aybdor qilib ko‘rsatilganlar viloyatlik chayqovchilar ekan. Ya’ni bunga iste’molchilar aybdor, deyilmoqda murojaatda. Buni qarangki, universitetda bizga iqtisod sohasi professorlari "Mijoz doimo haq", deb o‘rgatgan. Shunday ekan "O‘zneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasida rahbar xodimlarni qayta attestatsiyadan o‘tkazish kerakka o‘xshaydi.

     E’tiborimni torgan yana bir muhim jumla –“...shahrimizga viloyatlardan qatnayotgan ko‘pchilik avtomobillar egalari chayqovchilik niyatida...” Endi davlat raqami 01 bo‘lmagan mashinalar uchun yonilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan limit belgilaymizmi? Yoki viloyatlik mehmonlar AYoQShga kelsa, ularga aybdor sifatida yovqarash qilish kerakmi?

     Viloyatlik chayqovchi shofyorlar o‘z viloyatiga yonilg‘i olib ketishini bilamiz. Ular shu benzinni xalqqa sotadi. Buni ham bilamiz. Nima sababdan Xalq yonilg‘ini AYoQShdan emas, chayqovchidan qimmat narxda sotib oladi? Buning ustiga tarkibiga suv qo‘shilgan benzinni? Bundan kelib chiqadiki, viloyatlarda AYoQShlar barqaror ishlamaydi.

     AYoQShda benzin bo‘lmasa, iste’molchi benzinni kimdan oladi? Qimmat narxda chayqovchidan oladi. Buni ko‘rgan AYoQSh egalari arzon narxda benzin sotgisi keladimi? Ular ham benzinni qora bozorga chiqaradi. Qarabsizki, noqonuniy tadbirkorlik avjida! Tabiiyki Toshkentga tez-tez qatnaydigan shofyorlar ham bu qora bozorga o‘z "hissa"larini qo‘shadilar. Menda savol tug‘iladi: qonuniy bozorni yakson qilgan qorabozorni kim tartibga solyapti?

"O‘zneftmahsulot" faqat Toshkentga yonilg‘i yetkazib berishga ixtisoslashganmi? Nega viloyatlardagi yonilg‘i taqchilligi haqida eslab ham o‘tirmadi? Hurmatimiz shu yergachamidi? Mas’ul xodimlar avvalo uzr so‘rab muammoga kengroq yondashishlari lozim! Yoki O‘zbekiston faqat Toshkent shahridan iborat deb o‘ylaydilarmi?

2. Mish-mishlar tarqalishi oktyabr-noyabr oylaridagi yonilg‘i narxining oshirilishiga ham sababchi bo‘lyaptimi? Bu mish-mishlardan kim foyda ko‘rishiga qarab, mish-mish mualliflari kimlini taxmin qilsa bo‘ladi, fikrimcha.

3. Mish-mish bo‘lsa, zaxira ham bo‘ladi. Bir sababni 2 marta keltirishga hojat yo‘q, tahlilga arzimaydi.

4. Avtomobillar soni yildan yilga ortib bormoqda, ammo tepasiga “Metan”, “Propan” deb yozib qo‘yilgan shoxobchalar ham ortyaptiku! O‘zbekistonda gazlashtirilgan va gazlashtirilmagan avtomobillar soni va umumiy miqdorga nisbatan ulushini kim aniqlab bera oladi menga? Boz ustiga biz zamon bilan hamnafas yashashni da’vo qilayotgan ekanmiz, nega yilning shu vaqtlarida har yilgi ssenariy qaytarilaveradi? "O‘zneftmahsulot" esa murojaatdan nariga o‘tgani sezilmaydi va baribir narxlar sun’iy oshiriladi?

Doim shunday. Muammoni bartaraf etishga aniq reja topilmasa, “bollada ayb yo‘q”, deb aybni yo gung-kar kishiga yoki bo‘lmasa vafot etgan odamga yuklaymiz...

Yuqoridagi barcha muammolarning bosh sababi - mutasaddilarimiz jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunga amal qilmayotganliklarida. Marhamat qilib, qonunga muvofiq bizga hisob berishsin!

Erkin fikrlar blogidan olindi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан