Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev: Nazorat organlari vakolatlarini qat’iy cheklash vaqti keldi
23.10.2016 10:27,  
7

19 oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s’yezdida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Respublika Prezidenti vazifasini bajaruvchi, O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev nomzodini ko‘rsatish haqida qaror qabul qilindi. S’yezdda Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’ruza qildi.

Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, bugungi kundagi eng muhim vazifalardan biri — xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirishga xalaqit berayotgan barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etishdan iborat.

«Ma’lumki, bugungi kunda tadbirkorlik sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 56,5 foizga yetdi. Aholining 78 foizi aynan shu tarmoqda mehnat qilib, mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Biroq, tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan qator choralar ko‘rilishiga qaramasdan, doimiy tekshirishlar, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar oqibatida tadbirkorlar o‘z ishini vaqtincha to‘xtatishga, ayrim hollarda esa umuman tugatishga majbur bo‘lmoqda.

Jinoyat ishlarini tergov qilish doirasida o‘tkazilayotgan tekshirishlarning uzoq muddat davom etishi tadbirkorlarning haqli noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, litsenziya va ruxsatnomalar berish jarayoni oylab cho‘zilishi tufayli fuqarolar tadbirkorlik bilan noqonuniy tarzda shug‘ullanishiga o‘zimiz zamin yaratmoqdamiz. Mansabdor shaxslarning ta’magirlik holatlariga to‘liq chek qo‘yilmagan.

Tekshiruv tartiblarini buzish holatlari asosan soliq, yong‘inga qarshi kurash, sanitariya nazorati, kadastr, tabiatni muhofaza qilish va boshqa nazorat qiluvchi organlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida xo‘jalik sudlarida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes sub’yektlari va fermer xo‘jaliklarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid 23 mingta ish ko‘rilib, tadbirkorlar foydasiga 640 milliard so‘m undirish haqida qarorlar qabul qilingan, 133 nafar aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli sud ta’sir choralari ko‘rilgan.

Rejadan tashqari va muqobil tekshirishlar nazorat organlariga tadbirkorlik sub’yektlarini istalgan vaqtda tekshirish imkonini beradi. Ular orasida eng keng tarqalgan qisqa muddatli tekshirishga esa tekshiruvchi idoraning o‘zi ruxsat bermoqda. Tekshirishlar tirnoq ostidan kir qidirish, kamchilik topishga yo‘naltirilgan bo‘lib, oxir-oqibatda tadbirkorlarni sindirmoqda.

Shu sababli tekshirish turlari, ularni o‘tkazish tartibi va asoslarini tanqidiy ko‘rib chiqish, nazorat organlarining vakolatlarini qat’iy cheklash, tadbirkorlar javobgarligini liberallashtirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish vaqti keldi, deb o‘ylayman.

Bu muammolarni e’tiborga olib, yaqinda qabul qilingan Farmonga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ular faoliyatiga noqonuniy aralashuvni tubdan qisqartirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va profilaktika samaradorligini oshirish siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini rejadan tashqari va muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilindi.

Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etib, yetkazilgan zararni qoplagan tadbirkorlar ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan, jarimalar va moliyaviy sanksiyalardan ozod qilinadi.

Tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazoni qo‘llash bekor qilindi.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokida yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korxonalariga davlat ro‘yxatidan o‘tgan vaqtida amalda bo‘lgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarini besh yil mobaynida qo‘llash huquqi berildi.

Tadbirkorlik faoliyatiga aralashish, faoliyatni asossiz to‘xtatib qo‘yganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi, shuningdek, ularga yetkazilgan zararni bevosita aybdorlardan undirish tartibi belgilandi.

Mazkur Farmon bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida, Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida, Davlat xaridlari to‘g‘risida va Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kabi muhim qonunlarni qabul qabul qilish nazarda tutildi».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан