Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston qishloqlarida quriladigan eng arzon uylarning dastlabki badali 15 foizni tashkil etadi
24.10.2016 17:14,  
2199

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 21 oktyabr kuni «2017—2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. «Gazeta.uz»ning yozishicha, dastur ijrosi doirasida quriladigan arzon uylarni ipoteka kreditiga sotib olish mumkin bo‘ladi.

2009 yilda qabul qilingan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joylar qurish dasturi doirasida uy quruvchining dastlabki badali 25 foizni tashkil etgan bo‘lsa, yangi Dastur bo‘yicha ushbu badal birinchi va ikkinchi turdagi uylarni quruvchilar uchun atigi 15 foizni tashkil etadi.

«Bu arzon uylar Dasturiga qishloq aholisining keng qatlamlarini jalb etishga ko‘maklashadi», — deb yozadi «Gazeta.uz».

Bundan tashqari, ipoteka krediti uch yillik imtiyozli davr va birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan 15 yil muddatga beriladi.

Keyingi yillarda kreditning foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda mazkur stavka yillik 9 foizni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан