Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Halabni bombardimon qilish boshlandi
24.10.2016 18:44,  
5

Uch kunlik gumanitar tanaffusdan so‘ng Rossiya va Suriya qo‘shinlari Halab shahrini yana havodan o‘qqa tuta boshladi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

Halabdagi gumanitar tanaffus payshanba kuni boshlangan bo‘lib, Rossiya tomonidan aholiga shaharni 8 soat ichida tashlab ketish taklif qilingan edi. Payshanba kuni boshlangan gumanitar tanaffus yakshanba kunigacha davom etgan. Tanaffus davomida ham kichik to‘qnashuvlar kuzatilgan. Rossiya rasmiylari 3 kunlik tanaffus davomida isyonchilar tomonidan 70 ga yaqin qurolli qarshilik sodir etilganini ma’lum qilgan.

Halab aholisi esa payshanba kuni tunda hukumat askarlar bir necha bor hujumga o‘tganini aytishgan. Har ikki taraf bir-birini tinch aholini evakuatsiya qilishga qarshilik ko‘rsatishda ayblagan. Rossiya OAV juma kuni qurolli muxolifat vakillari tomonidan aholining shaharni tark etishiga to‘sqinlik qilinganini xabar qilgan. Muxolifat esa odamlar shahardan chiqishda hukumat askarlari tazyiqiga uchraganini bildirishgan. 

Gumanitar tanaffus yakshanba kuni o‘z nihoyasiga yetdi. Rossiya mudofaa vazirligi gumanitar tanaffus shanba kuni o‘z nihoyasiga yetganini e’lon qildi. Halabdan olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yakshanba kuni shaharni bombardimon qilish qayta boshlangan. Suriya harbiylari Rossiyaga qarashli samolyotlar ko‘magida Halab sharqini o‘qqa tutgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан