Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Madaniyat va sport ishlari vaziri 30 dan ortiq rahbar kadrlarni intizomiy jazoga tortdi
24.10.2016 19:39,  
11

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedov 22 oktyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkazilgan Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatining 2016 yil 9 oylik yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay’at majlisida 30 dan ortiq rahbar kadrlarga intizomiy jazo belgiladi. 
 
Gap shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedov Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi “2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2010 yil 29 dekabrdagi “2011-2015 yillarda madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini tahlil qilar ekan, bu boradagi natijalar ijobiy bo‘lmaganligini ta’kidlab o‘tdi.
 
2013-2015 yillarda ta’mirlash va jihozlanishi belgilangan 247 ta madaniyat va aholi dam olish markazlaridan 58 tasi foydalanishga topshirilmagan.
 
Vazir joylarda qaror ijrosi bo‘yicha jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligini ta’kidlab o‘tdi.
 
2011-2015 yillarda qaror dasturi bo‘yicha 225 ta bog‘ foydalanishga topshirilishi kerak edi. Biroq bu muddat o‘tib ketganligiga qaramasdan, endigina 132 tasi to‘liq ta’mirdan chiqarilib, attraksionlar bilan ta’minlangan.
 
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri bu borada olib borilayotgan ishlarni “qoniqarsiz” deya tanqid qildi. O‘z vazifasiga nisbatan mas’uliyatsiz yondashgan 30 dan ortiq rahbar kadrlarga nisbatan intizomiy jazo belgilandi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан