Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Tempo" pul o‘tkazmalari tizimi O‘zbekiston bozoriga kirdi
24.10.2016 20:16,  
2

Fransiyaning Tempo Money Transfer pul o‘tkazmalari tizimi MDHning bir necha mamlakatlarida faoliyat yurita boshladi, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistana" nashri.

"Tempo" pul o‘tkazmalari tizimi ushbu yilning boshida Rossiyada o‘z faoliyatini boshlagan edi, deydi tizim prezidenti Djeffri Fanyu. Bugungi kunda tizim Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ukraina va O‘zbekistonda 270dan ortiq banklarda ishlamoqda. Banklarning ko‘plab filiallari borligini hisobga olsak, tizim bo‘yicha pul olish va yuborish mumkin bo‘lgan soni 26 mingdan oshdi.

Tempo prezidenti aytishiga qaraganda, pul jo‘natmalari bo‘yicha Rossiya MDH bozorida eng ulkan  bozor.

"Rossiya hududi bo‘yicha dunyoning eng katta mamlakatlaridan biri bo‘lishi bilan bir vaqtda, eng yirik pul jo‘natuvchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Biz ushbu bozor qanchalik muhim ekanligini yaxshi tushunamiz", — dedi Fanyu.

Banque du France (Fransiya banki) tomonidan litsenziya berilgan "Tempo" tizimi bugungi kunda dunyoning 120 mamlakatida 195 ming bank bo‘limlari orqali faoliyat yuritadi. Tizim o‘z faoliyatini dastlab Fransiya va Germaniya hududida  boshlagan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан