Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xitoy injenerlari magnit yostiqchada harakatlanuvchi poyezd yasaydi
24.10.2016 20:34,  
17

Magnit yostiqcha, boshqacha aytganda maglev (ing. magnetic levitation) elektromagnit maydon hisobiga ishlaydi. Xitoy vagon qurilish korporatsiyasi China Railway Rolling Stock Corporation (CRRC) poyezdni tayyorlashga kirishdi. Poyezd soatiga 600 km tezlikda harakatlanadi. U transchegaraviy tashish ishlarini amalga oshiradi. Bu haqda "Carzone" yozmoqda.

Bundan tashqari, CRRC soatiga 200 km tezlikda yuradigan maglev yasamoqchi.

Xitoy poyezdi dunyodagi eng tezkor poyezdga aylanishi kutilmoqda. Ammo aprel oyida yaponlarning Central Japan Railway Co. (JR Central) temir yo‘l kompaniyasi magnit yostiqchadagi poyezdning yangi tezlik rekordini o‘rnatib xitoyliklarni dog‘da qoldirdi – 603 km/soat.

Maglev tizimining ish tartibi poyezd va temir yo‘l sostavi orasida yuqori haroratli o‘ta o‘tkazgichlar vositasida kuchli magnit maydoni hosil qilishga asoslangan. Harakatlanish chog‘ida poyezd relsga tegmaydi, aerodinamik qarshilik hisobga tormozlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан