Toshkent axborot texnologiyalari universitetining iqtidorli talabasi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Mohinur Abdug‘afforova ilmiy rahbari Venera Karimova bilan “Pasport stoli uchun ma’lumotlar bazasi” hamda “Pasport stolida navbatda turishni avtomatlashtiruvchi” dasturlarni yaratdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“Pasport stoli uchun ma’lumotlar bazasi dasturi mamlakatimizdagi barcha pasport xizmati bilan shug‘ullanadigan muassasalardagi hujjatlarni bitta dasturga birlashtirish imkonini beradi. Bu dastur orqali fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat haqidagi ma’lumotni yurtimizning qaysi hududida bo‘lishdan qat’i nazar, ushbu bazadan topish mumkin bo‘ladi”, deydi Mohinur Abdug‘afforova.
Pasport stolida navbatda turishni avtomatlashtiruvchi dasturda bitta kompyuter orqali navbatda turishni samarali tashkil etish ko‘zda tutilgan. Ushbu dasturlar nafaqat soha xodimlariga, balki aholiga ham katta qulaylik yaratib, vaqt va mablag‘ni tejashga xizmat qiladi.
Iqtidorli talabaning mazkur dasturlari joriy yilda o‘tkazilgan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar IX Respublika yarmarkasida namoyish etildi. Uning bu ishlanmasi olimlar va yarmarka ishtirokchilarining ijobiy bahosiga sazovor bo‘ldi. M.Abdug‘afforova diplom bilan taqdirlandi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar ilmiy izlanishlar olib borish, yangi dastur, loyihalarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish, olim va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash imkonini bermoqda.
Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Сўнгги янгиликлар
25.09.2023 15:06,
4
AsiaExpress pul o‘tkazmalari MKBANKda!
20.09.2023 15:22,
0
Kutib oling MKBANKdan Premial Visa kartalari
TATU talabasi “Pasport stoli uchun ma’lumotlar bazasi” dasturini yaratdi
2.11.2016 18:34,
48
Tavsiya etamiz
25.09.2023 15:06,
4
AsiaExpress pul o‘tkazmalari MKBANKda!
13.09.2023 15:25,
1
MKBANKda quyosh panellari o‘rnatish uchun 150 mlrd.dan ortiq kreditlar ajratildi
23.01.2023 16:04,
405
Bloomberg: 2023 йилда Европа тарихдаги энг ёмон қарз инқирозига дуч келиши мумкин
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston
25.09.2023 15:08,
8
O‘zbekiston
21.09.2023 15:33,
2
Ҳар доим хабардор бўлинг!
carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан