Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Futbol maydonida o‘ldirilgan 6 hakam
8.11.2016 14:15,  
12

Yakshanba kuni Meksikada havaskor jamoalar o‘rtasidagi o‘yinda hakam futbolchi tomonidan o‘ldirilgani haqida xabar bergandik. Shu munosabat bilan Maydon.uz sayti hakamlarning maydonda o‘limi bilan bog‘liq boshqa voqealarni ham esga oldi.

 

“Kalla qo‘yish”ning oqibati

Meksikaning Tulansingo shahrida havaskor jamoalar o‘yinida futbolchi Ruben Rivera Vaskes o‘ziga qizil kartochka ko‘rsatgan 59 yoshli hakam Viktora Trexoni o‘ldirdi.

Vaskes maydonda chetlatishi bilan hakam yoniga borib, boshi bilan uning yuziga qattiq zarba berdi. Yerga yiqilgan hakam nafas olishdan to‘xtadi va tibbiy xodimlar ham unga yordam bera olmadi. Xabar qilinishicha, futbolchi voqea joyidan qochib, yashiringan. Uni politsiya qidirmoqda.

 

To‘pponcham qani?

Argentinaning Kordova shahrida 48 yoshli hakam Sesar Flores futbolchini maydondan chetlatdi. Norozi qiyofada kiyinish xonasiga yo‘l olgan futbolchi bir necha daqiqadan so‘ng qo‘lida to‘pponcha bilan maydonga qaytadi va hakamga qarata uch marta o‘q uzadi. Aftidan, qotil to‘pponchadan otish bo‘yicha yaxshigina tajribaga ega bo‘lgan: o‘qlar Floresning bo‘yni, ko‘krak qafasi va boshidan joy olgandi.

Buning natijasida referi voqea joyida halok bo‘ldi. Futbolchi ham biroz jarohatlandi, biroq jiddiy emas. U dastlab ishqibozlar orasiga berkindi va hali hamon qidiruvda. Futbolchining ismi va jamoa nomi haligacha sir tutiladi.

 

Jazodan qochish uchun

AQShning Michigan futbol ligasi o‘yinchisi Bassel Saad o‘yin vaqtida raqibni haqorat qildi va hakam unga qizil kartochka ko‘rsatmoqchi ekanini ko‘rdi. Jazodan qochishni maqsad qilgan Saad uning tomog‘iga qarab urishdan boshqa narsa o‘ylab topolmadi. 44 yoshli arbitr ikki kundan so‘ng shifoxonada vafot etdi. Futbolchi esa 15 yilga qamaldi.

 

O‘smirlar qasosi

Yana bir vahshiylik 2012 yilda Niderlandiya o‘smirlar chempionati doirasida “Byuyten Boyz” va “Noyv Sloten” jamoalari o‘rtasidagi bahsda kuzatildi. Har hafta mahalliy turnirlarda ishlovchi 41 yoshli Richard Noveyxuzen shu kuni yon hakam vazifasini bajargandi. Ikkinchi taymda uning qarorlaridan norozi bo‘lgan mehmon jamoa a’zolari hakamga tashlandi va unga kuchli zarbalar bera boshlashdi. Richard qochishga harakat qilib ko‘rdi. Biroq alamzada o‘smirlar uni ushlab olib, ana savaladilar. O‘yindan keyin hakam shifokorlarga murojaat qildi. Ammo unga hech qanday yordam berishning imkoni bo‘lmadi. Richard jarohatlar natijasida olamdan ko‘z yumdi. Politsiya shu kuni hujum uyushtirgan uch futbolchini qo‘lga oldi, ular 16 yoshdan katta emasdi. Har bir futbolchi jamoadan chetlatildi, klub esa musobaqadan chiqarib yuborildi. Mazkur holatning eng fojiali tomoni, ushbu o‘yinda vafot etgan hakamning ham o‘g‘li qatnashgandi va barchasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgandi.

 

Hammasiga kartochka sabab

Futbol maydonida asosiy tajovuzkorlar ko‘pincha voyaga yetmagan futbolchilar bo‘ladi. Nomi hamon sir tutiladigan AQShlik futbolchi o‘ziga sariq kartochka ko‘rsatgan 46 yoshli Rikardo Portiloning yuziga zarba bera boshlaydi. Buning natijasida arbitr kasalxonaga yotqiladi. Biroz vaqt o‘tib komaga tushadi va undan chiqmaydi. “U hech qanday asossiz otamga tashlandi. Agar u butun umrini qamoqda o‘tkazsa ham, bu yetarli bo‘lmaydi. Chunki nima qilinganda ham otam qaytmaydi”, – dagandi hakamning qizi Joannna. Qotil rejalashtirilmagan qotillik uchun jazo olgan.

 

Qo‘qrqinchli film syujeti

Hech qanday shubhasiz qo‘rqinchli film syujetiga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqea Braziliyada, havaskor jamoalar o‘rtasidagi o‘yinda sodir bo‘lgan.Futbolchi Xosemir Santos Abreu hakamni haqorat qila boshladi va keyin mushtlarini ishga soldi. 20 yoshli referi Otavio Jordao da Silva o‘zini himoya qilishi kerakligini tushunib yetdi va pichoq chiqarib, futbolchiga qarab urdi. Xosemir shifoxonga yetib bora olmay, yo‘lda vafot etdi. Bundan ham yomoni keyin sodir bo‘ldi. Abreuning do‘stlari va jamoadoshlari hakamga hujum qilishdi va uni bog‘lab, o‘lar darajada kaltaklashdi. Sӯngra tanasini qo‘l oyoqlardan ayirib, boshini cho‘pga qadab, maydon ӯrtasiga joylab qo‘yishdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан