Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yevropaga qish har yilgidan ko‘ra ancha erta keldi
10.11.2016 10:00,  
17

Bu yil qish Yevropa qit’asiga har doimigidan ko‘ra ancha erta kirib keldi, deya xabar bermoqda Al Jazeera telekanali.

Yevropaning ko‘p joylarida qish allaqachon boshlangan. Sovuq shamol o‘zi bilan qor keltirib, janub sari esmoqda. Sovuq havo oqimi qutb girdobining pasayishi natijasi sifatida ko‘rilmoqda. Shimoliy qutb markazidagi past bosimli hududdagi quyunlar iliq havoni shimolga surib, savuq havo oqimining janub sari siljishiga olib kelgan.

Ispaniya va Fransiyaning Pireney tog‘lariga allaqachon qor tushgan. Kelayotgan uch kun ichida Alp tog‘larining shimoliy cho‘qqilariga kata miqdorda qor yog‘ishi kutilmoqda. Alp tog‘larida chang‘ida uchish mavsumi ancha erta boshlanmoqda. Shu bilan birga qor ko‘chkilari xavfi ham kutib turibdi.

Chorshanba kuni Buyuk Britaniyada yoqqan qor janubdagi tog‘ cho‘qqilarigacha yetib borgani aytilmoqda. Belgiya, Gollandiya va Germaniyada ham qor yo‘gishi kutilmoqda.

Sharqiy Polsha, Belorus, Bosniya va Gersegovina va g‘arbiy Rossiyada yarim metrgacha qalinlikda qor yog‘ishi kutilmoqda. Shimoliy qutbdagi o‘zgarishlari kuzatayotgan olimlar kelayotgan haftalar davomida anchagina sovuq havo kutilayotganini ma’lum qilishgan.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан