Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
5.05.2016 13:17,  
4

 

4 may kuni soat 14:00 larda dovonning Namangan viloyati Pop tumaniga qarashli qismida ko‘chki sodir bo‘lganligi haqda xabar bergan edik..

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, ikkita avtomashina ko‘chki ostida qolib ketgan. Natijada 5 kishi halok bo‘lgan.

O‘z vaqtida bajarilgan tadbirlar natijasida olti kishi qutqarib qolindi.

Jabrlanganlar va qurbon bo‘lganlarning oilalariga barcha zaruriy yordam ko‘rsatilgan.

Qamchiq dovoni dengiz sathidan 2,2 km balandlikda joylashgan bo‘lib, ushbu dovon orqali O‘zbekistonni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi yagona yo‘l o‘tgan. Har kuni ushbu yo‘ldan 20 mingga yaqin avtomobil qatnaydi.

Qish vaqtida dovonda avtomobil harakati murakkablashadi.  Yaqin orada ushbu dovon orqali temir yo‘l harakati ham yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.



 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан