Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bu yil abituriyentlar xohlasa, 5ta yo‘nalishdan grantga kirganida o‘qishni tanlashi mumkin
24.06.2021 16:38,  
571

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Qarorga muvofiq:

  • 2021-2022-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;
  • Abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat beriladi.
  • Buning uchun abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida tanlov uchun ustuvorlik sifatida “davlat granti” yoki “davlat granti va to‘lov-kontrakt”dan birini tanlash imkoniyati yaratiladi.


Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

  • Davlat grantini tanlasa - dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;
  • Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Тавсия этамиз






Тавсия этамиз

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан