Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqand va Qashqadaryoda pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
1.08.2021 22:25,  
122

Samarqand va Qashqadaryo viloyatida pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Qarshi tuman bo‘limi hamda DXXning Koson tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.J. firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida fuqaro N.ni 700 AQSh dollari evaziga Qirg‘izistondagi oliy ta’lim muassasalaridan biriga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, shundan 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand temir yo‘l texnikumi talabalar yotoqxonasi tarbiyachisi vazifasida ishlovchi O‘.B. fuqaro Sh.ni ushbu texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi departament hamda Milliy gvardiyaning Samarqand viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahridagi jamoat salomatligi texnikumi o‘qituvchisi S.X. fuqaro D.ning qizini tanishlari orqali ushbu texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Тавсия этамиз






Тавсия этамиз

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан