Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda qurilish firmasi boshlig‘iga 65 mlrd so‘mlik ta’mirlash ishlarini olib bermoqchi bo‘lgan fuqarolar qo‘lga olindi
21.07.2021 17:26,  
167

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida mazkur shaxslar Mudofaa vazirligining umumiy qiymati 110 mlrd so‘mni tashkil etuvchi boshqa qurilish ob’yektlarini surxondaryolik ikki mijozga olib berishni rejalashtirganliklari ham ma’lum bo‘ldi.

Toshkent viloyati

Toshkent viloyatida kuzatilgan yana bir shunga o‘xshash holatda esa Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan shaxs (1973 y.t.) va Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro (1978 y.t.) Chinoz tumanidagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan birining rahbari bo‘lib ishlovchi ayol (1975 y.t.) hamda muqaddam xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tizimida faoliyat yuritgan ayol (1972 y.t.) bilan kelishgan holda, qurilish firmasi vakiliga ushbu hududdagi ko‘pqavatli uylarda umumiy qiymati 5 mlrd so‘mlik qurilish-montaj ishlarini olib berish evaziga undan 25 ming AQSh dollari talab qilishadi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda ular avans sifatida 10 ming dollar olgan vaqtlarida ushlandi.

Toshkent viloyatida yashovchi, muqaddam ichki ishlar idoralarida ishlagan shaxs jinoiy sherigi bilan kelishgan holda o‘zganing ishonchiga kiradi va uning pul mablag‘ini o‘zlashtirishni reja qiladi.

U ichki ishlar organlaridagi mansabdor tanishlari orqali Toshkent shahrida yashovchi fuqaroni IIV Akademiyasi qoshidagi serjantlar tayyorlash maktabiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 13 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXXning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shahar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida firibgarlar so‘ralgan puldan 6 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ushlangan.

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchasini tashkil qilish maqsadida «Har bir oila tadbirkor» dasturi doirasida 240 mln so‘m kredit olish uchun «Agrobank»ning tuman filialiga murojaat qiladi. Biroq bank xodimlari turli vajlar bilan unga kredit ajratishni kechiktirib keladi.

DXX va Departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Agrobank»ning Sardoba tuman filiali ish o‘rganuvchisi ushbu kreditni olib berish evaziga 24 mln so‘m talab qilib, shundan 2 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Тавсия этамиз






Тавсия этамиз

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан