Buxoroda chaqaloqni sotmoqchi bo‘lgan ona-qiz qo‘lga olindi

Buxoroda chaqaloqni sotmoqchi bo‘lgan ona-qiz qo‘lga olindi

Buxoro viloyati Peshku tumanida yashovchi ona va qiz chaqaloqni 8 million so‘mga sotayotgan payt qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi va G‘ijduvon tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Peshku tumani Valfajir mahallasida yashovchi J.F. (ayol) onasi bilan jinoiy til biriktirib, endi tug‘ilgan chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, ona va qiz tibbiy muassasa hududida chaqaloqni 8 million so‘mga sotayotgan paytda qo‘lga olingan. Holat yuzasidan ona va bolaga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.