Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar COVID-19 ning bolalardagi xavfli oqibatlarini ma’lum qilishdi
26.07.2021 08:33,  
296

Massachusets va Garvard tibbiyot maktablari (AQSh) olimlari bolalar va o‘spirinlar duch kelishi mumkin bo‘lgan COVID-19 ning xavfli asoratlari to‘g‘risida ogohlantirdilar. Tadqiqot tafsilotlari Healio portalida chop etilgan press-relizda keltirilgan.

Olimlar infeksiyaning uzoq davom etuvchi alomatlari orasida isitma, qorin og‘rig‘i, qusish, diareya, yurak yetishmovchiligi, og‘ir bosh og‘rig‘i va charchoq bor degan xulosaga kelishdi. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, oshqozon-ichak yo‘li kasalliklari bolalar orasida kamroq uchraydi, ammo ularni butunlay chiqarib tashlab bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, shifokorlarning aytishicha, COVID-19ni yuqtirgandan 2-4 hafta o‘tgach yurak-qon tomir tizimi va koronar arteriyaga zarar yetkazuvchi multitizimli yallig‘lanish sindromi (MIS-C) rivojlanish xavfi mavjud. Uning sabablarini aniqlash uchun olimlar 100 bola ishtirokida tajriba o‘tkazdilar.

Ma’lum bo‘lishicha, MIS-C bilan kasallangan bemorlarda virus ichaklarda aniqlanishda davom etgan. Sababi shundaki, oshqozon-ichak yo‘lida topilgan COVID-19 zarralari qon yo‘liga tushadi. Shu bois organizm MIS-Cga xos immun javob beradi. Massachusets shifoxonasining yetakchi pulmonologi Lel Yonkerning aytishicha, qondagi MIS-C virusi zarralari giper yallig‘lanuvchi reaksiyaga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatib bergan birinchi tadqiqotdir.

Тавсия этамиз






Тавсия этамиз

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан