Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tokio-2020: O‘zbekiston bayroqdorlari o‘zgarganiga munosabat bildirildi
23.07.2021 18:03,  
737

Bugun Yaponiyaning Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi boshlandi.

Avvalroq, afsonaviy gimnastikachimiz Oksana Chusovitina va bokschimiz Bobousmon Baturov O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘lishi ma’lum qilingan edi. So‘nggi pallada mamlakatimiz sport delegatsiyasi bayroqdorlari o‘zgardi. Bu holat muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Turizm va sport vazirligi mazkur holatga izoh berdi.

Vazirlikning izohlashicha, ertaga Bobousmon Baturov ringga chiqishi kerak. Xavfsizlik nuqtai nazaridan ochilish marosimida ishtirok etadigan har bir kishi tadbirdan bir necha soat oldin stadionga yetib borishi, tadbir davomida tik oyoqda turishi, tekshiruvlardan o‘tishi lozim. Bu esa sportchilarni urintirib qo‘yishi tabiiy.

«Shuni inobatga olgan holda mamlakatimiz delegatsiyasi rahbariyati bayroqdorlarni o‘zgartirishga qaror qildi. Bobousmonning o‘rnini o‘zbek boksi faxri Bahodir Jalolov egalladi.

O‘z navbatida 25 iyul kuni bahslarga kirishadigan Oksana Chusovitina ham o‘zining so‘nggi olimpiadasiga jiddiy hozirlik ko‘rish maqsadida o‘z o‘rnini bo‘shatdi va sport gimnastikasi afsonasini Nigora Tursunqulova almashtirdi», deyiladi vazirlik izohida.

Тавсия этамиз






Тавсия этамиз

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан