Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kriminal ong
16.11.2019 22:23,  
8898

Ortiqxo‘jayev jurnalistlar bilan suhbatda "petux", "geylikka opustit qilish” iboralari sovet davridagi “zona” muhitidagi jinoyatchilarning ongiga xos iboralardir. Bu haqda Viktor Pelevin o‘zining “Alvasti bo‘rining muqaddas kitobi” romanida daqiq suratda ifoda etgan:

“Har qanday jiddiy odam, nima bilan shug‘ullanmasin, ong ostida o‘zini qamoq to‘shaklariga munosiblab turadi va o‘zining mehnat yutuqlari ro‘yxatida qamoqxona qonunlariga zid ishlar yozilib qolmasligiga intiladi, chunki qamoq qonunlarini buzish o‘z orqasi bilan javob berishga olib keladi. Shuning uchun rus machosining hayoti ruhlar olami bilan davomiy ravishda muloqot seansiga o‘xshaydi: badan dunyo boyliklari ichida ko‘milib turganda, ruhi zonada muddatini o‘tayotgan bo‘ladi.”

(“Lyuboy serezniy chelovek, chem bi on ni zanimalsya, podsoznatelno primerivayetsya k naram i starayetsya, chtobi v yego poslujnom spiske ne bilo zametnix narusheniy tyuremnix tabu, za kotorie pridetsya rasplachivatsya zadom. Poetomu jizn russkogo macho poxoja na permanentniy spiriticheskiy seans: poka telo kupayetsya v roskoshi, dusha motayet srok na zone.” Viktor Pelevin Svyashennaya kniga oborotnya).

Keltirilgan iqtibosda muallifning “rus” atamasini men “sovet davri kriminal tushunchalar quli” degan ibora bilan tushunish to‘g‘riroq bo‘ladi deb hisoblayman.

Ha, aynan shunday kriminal olami ongi O‘zbekiston Respublikasi poytaxti, ona shahrim Toshkentning meri, hokimiga hos ekanligi ayon bo‘ldi. Bundan ortiqcha sharmandalikni tassavur qilish qiyin.

Oldin ham tadbirkorlar bilan ommaga olib chiqilgan muzokaralarida o‘zini xuddi mafiya bossidek tutishi meni hayratga solgan edi. Sizdirilgan tasmadagi uning jirkanch muomalasi aynan jurnalistlarga qaratilganligi kasalning naqadar chuqur ildiz otganligini ko‘rsatyapti.

Uzoq gapirmay, o‘zimning xulosalarimni aytaman:

Birinchidan, ma’nan tubanlikda qolgan, jinoyatchilar dunyoqarashida o‘ralashib yurgan shaxs davlatning siyosiy va ma’muriy rahbarlik lavozimida bo‘lmasligi kerak.

Ikkinchidan, davlat tomonidan jurnalistlarning jamoatchilik manfaatlari posbon ekanliklari e’tirof etilib, har qanday zo‘ravonlik amaliyotlaridan himoya qilishni ta’minlashi zarur.

Uchinchidan, jurnalistlar o‘zaro hamjihatlik va hamdardlik ruhini mustahkam saqlashlari va professional burchlarini muvaffaqiyatli bajarishlarini sidqi dildan tilayman. Chunki sizlar xalq uchun keraksiz.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан