Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ingliz nashri Mirazizbek Mirzaxalilovni “2019 yil bokschisi” deb e’lon qildi
6.01.2020 16:12,  
555

Angliyaning mashhur sport saytlaridan biri thefight-site.com nashri havaskor boksda dunyoning eng yaxshi sportchilari va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha kuchlilar nomini e’lon qildi.

E’tiborlisi, boks bo‘yicha turli yo‘nalishlarning g‘oliblari sifatida O‘zbekiston sportchilari e’tirofga sazovor bo‘lishdi.

Maqola muallifi Teylor Uxigginsning keltirishicha, “2019 yil bokschisi”, deya Osiyo va Jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov egallagan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinlarda kubalik Endi Kruz Gomes va Bahodir Jalolov nomlari qayd etilgan.

Jahon boksida “Qiziqarli janglar olib boruvchi” sifatida hamyurtimiz Abdumalik Halakov keltirilgan. “Yil nokauti” sifatida esa Bahodir Jalolovning Richard Torres ustidan qozongan g‘alabasi ko‘rsatilgan.

Maqola so‘ngida “Yilning eng yaxshi boks mamlakati”, deya O‘zbekiston nomi keltirilgan.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан