Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona viloyati hokimi “o‘rtoq polkovnik”ka tadbirkorning soqoli va sochini qirdirishni buyurdimi? (video)
16.11.2019 09:46,  
5283

Ijtimoiy tarmoqda Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevnikiga o‘xshash ovoz egasining audiosi tarqaldi. Unda amaldorning tadbirkorni so‘roq qilishi va qandaydir loyihani rad etishi, zaldan chiqarib yuborishi va "o‘rtoq polkovnik"dan uning soqoli va sochini yaxshilab qirdirishni buyurishi muhrlangan.

Amaldor: “Sherzod” fermer xo‘jaligi…. Ipotekabank. Soqolini qaranglar! Taniysizmi, bu kishini? Fermer xo‘jaligining boshlig‘imisiz?”

Tadbirkor: “Ish yurituvchisiman. Xo‘jayin Toshkentda edi.”

Amaldor: “Iltimos qilsa, kelaverdingizmi o‘rniga?”

Tadbirkor: “Yo‘q, yo‘q, yo‘q.”

Hokim: “O‘chir bu loyihani! Tushuntirishingga ham, boshqanggayam, xo‘jayinggayam salom aytib qo‘y. Bor, zaldan chiq, bor.”

So‘ng amaldor zaldagi boshqa kishiga shunday degan: "O‘rtoq polkovnik, soqoliniyam, sochiniyam yaltillatib, qirdirib oling. Qarang, soqolini ham, sochini ham anaqa qiling. Xo‘pmi, davay, bo‘ling.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан