Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shuhrat G‘aniyevning tadbirkorning soqoli va sochini qirdirishni buyurgani haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirildi
16.11.2019 18:17,  
2174

Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning tadbirkorning soqoli va sochini qirdirishni buyurgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

Muhammadjon Obidov holatni o‘rganib chiqqanini, bu voqea viloyat hokimining tadbirkorlar bilan uchrashuvi paytida yuz berganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, fermerning o‘zi ishtirok etmagani uchun uning o‘rniga fermer xo‘jaligiga aloqasi bo‘lmagan mutlaqo boshqa tadbirkor o‘rnidan turib, masalaga aralashmoqchi bo‘lganida viloyat hokimi loyihaning haqiqiy egasi bilan muloqot qilishini aytgan.

"Tadbirkor bu uchrashuvga soqoli o‘sgan va ajoyib kiyimda kelgani uchun hokim uning yonida o‘tirgan insonga: "Bu yigitning soqolini oldirib qo‘ying" deb tavsiya bergan. Bo‘lgan gap shu!" dedi Muhammadjon Obidov.

"Shu kuni viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev tadbirkorlar uyiga kelgan 379 tadbirkorning har biri bilan muloqotda bo‘lgan va ularning aksariyat muammolarini joyida hal qilgan" qo‘shimcha qildi u.

Axborot xizmati rahbari Quva tumaniga borib, soqoli o‘sib ketgan tadbirkor Ahmadjon Yoqubov bilan uchrashgan.

"O‘sha kuni hokim menga "Soqolingizni qarang, oldirvosangiz yaxshi bo‘lardi" deb tanbeh berdi... Viloyat hokimimiz Shuhrat Madaminovichning yig‘ilishiga shu holatda kelganim uchun o‘zim aybdorman. Bu yerda hokim tadbirkorni haqoratlagani yo‘q, so‘kkani yo‘q, nafsoniyatga tegadigan gap qilgani yo‘q. U yerdan chiqib, to‘g‘ri sartaroshxonaga bordim", deydi Ahmadjon Yoqubov.

Sof.uz avvalroq hokimning ijtimoiy tarmoqda tarqalgan audiosini e’lon qilgan edi. Unda hokimning “O‘chir bu loyihani! Tushuntirishingga ham, boshqanggayam, xo‘jayinggayam salom aytib qo‘y. Bor, zaldan chiq, bor” degani, so‘ng zaldagi boshqa kishiga: "O‘rtoq polkovnik, soqoliniyam, sochiniyam yaltillatib, qirdirib oling. Qarang, soqolini ham, sochini ham anaqa qiling. Xo‘pmi, davay, bo‘ling" deb aytgani eshitilgan:

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан