Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Asakalik bloger bir kunda 3 ta modda bilan javobgarlikka tortildi
31.12.2019 15:46,  
1904

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Facebook foydalanuvchisi, asakalik bloger Otabek Nuritdinovning qamalgani haqida ma’lumotlar tarqadi. Uning yozganlarini o‘qib boradiganlarning aytishicha, Otabek Nuritdinov (pasportdagi ism-sharifi Abdufatto Nuritdinov) Asaka va Andijon viloyatidagi muammolarni ko‘tarishi, ko‘p odamlarning ijtimoiy-maishiy muammolarini hal qilishga yordam berishi bilan tanilgan.

Otabek Nuritdinov oxirgi vaqtlarda Asaka tumanida obodoshlashtirish ishlariga byudjetdan qancha pul sarflanishiga qiziqib yurgan bo‘lgan. Shuning uchun uni kecha, 2019 yil 30 dekabr, dushanba kuni ertalab 10:30 lar atrofida Asaka tuman Moliya bo‘limiga “Byudjet pullarining sarfi haqida muhokama bo‘ladi”, deb chaqirishganida o‘sha yerga ketgan. Ammo shundan so‘ng uyidagilari u bilan bog‘lana olmagan.

Kechki soat 20:30 larda mahalla uchastka noziri mahalladagi xodimlarga qo‘ng‘iroq qilib, Otabekning mashinasini oila azolari Moliya bo‘limidan olib ketishlari kerakligini aytgan. Onasi Mo‘’tabar opaga vaziyat haqida ma’lumot olish uchun Asaka tuman IIB tergov bo‘limidan Sirojiddin ismli xodimning raqamini berishgan. Mo‘’tabar opa u xodim bilan gaplashganida “Otabekni sud qilish uchun Andijonga olib ketishgani, u haqda boshqa ma’lumot bilmasligi, suddan keyin viloyat IIBga olib ketishlarini” aytgan. Xodim shuningdek, sud qayerda bo‘lishi, Otabek qayerda ekanligi haqida hech nima bilmasligini ham aytgan.

Shunda so‘ng Mo‘’tabar opa Asaka tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari bilan uchrashgan. Boshliq o‘rinbosari “anchadan beri uning o‘g‘liga qarshi hujjatlar yig‘ilayotgani, Otabek ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilikni haqorat qilganini” aytib, uning sud olib ketilgani, sud natijasi haqida o‘zi xabar berishini qo‘shimcha qilgan.

Otabek (Abdufatto) Nuritdinovga nisbatan Andijon viloyat ma’muriy sudi chiqargan hukm

Onasining aytishicha, Otabek o‘zining mashinasida byudjet sarfi va boshqa surishturuvlari bo‘yicha materiallarini olib yurgan. Lekin IIb xodimlari uning mashinasini qaytarib berishganida, ichidan o‘sha materiallar topilmagan. Oxirgi paytda Otabek Asaka tumanidagi byudjet sarfi, joylardagi saylov uchastkalarida bo‘lgan noqonuniy harakatlar va Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Buzrukov Furkatbek Gulomjonovich haqida tanqidiy materiallar e’lon qilgan.

Ayni holat bo‘yicha 2019 yil 30 dekabr kuni kechqurun Asaka tuman prokuraturasi quyidagicha ma’lumot berdi:

M A ’ L U M O T N O M A
(Fuqaro A.Nuriddinovning harakatlari yuzasidan)

Asaka tuman prokuraturasi tomonidan Surxandaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tug‘ilgan, Asaka tumani, Ibn Sino MFY, Shinam ko‘chasi, 23-uyda yashovchi fuqaro Nuriddinov Abdufatto Kamolitdinovich Asaka tuman IIB tomonidan Ma’muriy javobgarlikka tortish haqida qaror qabul qilinganligi aniqlandi.

O‘rganish davomida, A.Nuriddinov O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi, 41-moddasi, va 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Andijon viloyati ma’muriy sudining 30.12.2019 yildagi qaroriga asosan A.Nuriddinovga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida 6.690.000 so‘m jarima jazosi, mazkur kodeksning 41-moddasi bilan 30 baravari miqdorida 6.690.000 so‘m jarima jazosi, 183-moddasi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, sudning qaroriga asosan A.Nuriddinovni qamoqda bo‘lgan har bir kuni uchun 33.450 so‘m miqdorida, jami 501.750 so‘m qamoqda saqlash harajatlari undirilishi belgilangan.

Shuningdek, mazkur qarorni ijro qilish Andijon shahar IIB zimmasiga yuklatilganligi ma’lum qilinadi.

Asaka tuman prokuraturasi

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан