Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Blogerlar orasida ilk marta: Obidjon Latipov deputat bo‘ldi
7.01.2020 10:03,  
659

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga 2020 yil 5 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan takroriy ovoz berish natijalariga ko‘ra, 6-Cho‘ponota saylov okrugidan nomzod Obidjon Latipov deputat etib saylandi.

“Shox Med Center” xususiy klinikalar tarmog‘i bosh menejeri, "Adolat" sotsial demokratik partiyasi a’zosi Obidjon Latipov 2-turda raqibi O‘zLiDep vakili Mahmudjon Ortiqovni 36 ta ovoz farqi bilan yengdi (Obidjon Latipov - 785 ovoz, Mahmudjon Ortiqov - 749 ovoz).

Obidjon Latipov bloger sifatida ijtimoiy tarmoqlarda ham mashhur bo‘lib, Feysbuk tarmog‘ida saylovoldi targ‘ibotini eng keng yoritgan nomzoddir.

Saylovning birinchi turida u saylov okrugida qonun buzilish holatlari kuzatilgani, ishonchli vakiliga tazyiq o‘tkazilgani haqidagi savollarini MSK raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov va O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevga bergan edi.

Bosh Prokuror “Bu bo‘yicha bizda maxsus shtab tuzilgan. O‘sha yerga murojaat qilsangiz, dalillarni taqdim etsangiz, barchasini ko‘rib chiqamiz” deb javob bergandi.

Xalqaro press-klub moderatori G‘ulomjon Samadov “Siz bu yerda jurnalist sifatida savol beryapsizmi, yoki nomzod sifatidami? O‘z shaxsiy manfaatingizni ko‘zlayapsizmi, yoki partiya manfaatinimi?” - deya savol bergani, ammo Nig‘matilla Yo‘ldoshev bu yerda oddiy fuqarolar ham o‘z savolini berishi mukmkinligini qayd etib, Obidjon Latipovni qo‘llab-quvvatlagani ijtimoiy tarmoqda shov-shuvga sabab bo‘lgandi.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан