Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi kamaydi
22.09.2020 11:02,  
328

1 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari hajmi $34,6 mlrdni tashkil etmoqda. Shundan $33,8 mlrdi xalqaro zaxiralar, deya xabar beradi Markaziy Bank.

Mamlakat zaxiralari hali ham juda kam diversifikatsiyalangan - deyarli barchasi oltin ($18,8 mlrd) va chet el valyutasi ($15,4 mlrd) shaklida saqlanadi. Ushbu muammoni AQSh g‘aznachilik obligatsiyalarini sotib olish yo‘li bilan hal qilish rejalashtirilgan.

Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari may oyidan beri birinchi marta tashqariga oltin sotilishi hisobiga kamaydi, pandemiyada O‘zbekiston faol ravishda oltin sotmoqda - yanvar-avgust oylari oxiriga kelib 5,8 milliard dollarlik oltin eksport qilingan, bu butun 2019 yilga nisbatan ko‘proqdir. Tashqi savdo bo‘yicha e’lon qilingan oxirgi statistik hisobotda oltin allaqachon barcha eksportning 50% ni tashkil qiladi. Bundan tashqari, oltin narxi pasaymoqda, garchi avgust oyining boshida u 2000 dollarni tashkil etgan bo‘lsa-da, hozirda bir unsiya allaqachon 1921 dollarga tushdi.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан