Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi yoshlar soni ochiqlandi
11.09.2020 15:39,  
337

Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisida «Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida»gi qonun ko‘rib chiqildi.

Qonun, avvalo, ijtimoiy hayotimizda ba’zan uchrab turadigan, tabiatimizga yot bo‘lgan, yoshlarimizning sog‘lom voyaga yetishlariga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatadigan ichkilikbozlik, giyohvandlik yoki zaharvandlik kabi inson xulq-atvoriga zid illatlarni bartaraf etishga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatga molik.

Qonunda narkologik kasallikka chalingan shaxsni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi qaror uning yashash joyidagi yoki narkologiya muassasasi joylashgan yerdagi sud tomonidan yigirma kunlik muddatda, ushbu shaxs hozirligida qabul qilinishi ko‘rsatib qo‘yildi.

Mahalliy davlat hokimiyati, mehnat organlari davolanib chiqqanlarni ishga joylashtirish hamda maishiy turmushga moslashishida ko‘maklashish huquqiy mustahkamlandi.

Qonunga ko‘ra, davlat ambulatoriya va statsionar sharoitlarda bunday bemorlarga maslahat berish-tashxis qo‘yilishini, davolashni, psixoprofilaktik, reabilitatsiyaviy, ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi.

Narkologiya dispanserlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek, mamlakatning yirik shaharlarida respublika, viloyat, shahar yoki tumanlararo darajada mustaqil davolash-profilaktika muassasalari sifatida tashkil etilishi, qolaversa, ambulatoriya sharoitlaridagi narkologik yordam tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari tuzilmasida tashkil etilgan narkologiya kabinetlari tomonidan ko‘rsatilishi belgilangan.

Senat a’zolari mazkur Qonunni ma’qullash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

 

Shuningdek, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Aziz Ikromov quyidagilarni ma’lum qildi:

«Hozirgi kunda 5889 nafar giyohvandlik moddalari iste’mol qiluvchi yoshlar ro‘yxatda turishibdi. Ularning asosiy qismi Andijon, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi» - dedi Ikromov.

Shuningdek, majlisda Senat Raisi Tanzila Narbayeva “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi  Qonun  haqida o‘z mulohazalarini bildirib, mazkur yo‘nalishda olib borilishi zarur bo‘lgan jihatlarga to‘xtaldi.

– Har birimiz giyoxvandlik illati va u bilan bog‘liq kasalliklarning og‘ir oqibatlarini yaxshi tasavvur qilamiz, – dedi Senat Raisi T.Narbayeva. –  Albatta, mamlakatimizda bunday turdagi kasallikka chalinganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatiladi, ularni reabilitatsiya qilish choralari ko‘riladi.

E’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan asosiy masala – profilaktika. Birinchi navbatda giyohvand moddalar va psixoaktiv vositalarning mamlakatga kirib kelishi va iste’moliga qarshi kurashishning samarali mexanizmlaridan foydalanish lozim. Bunday moddalar iste’molining asosiy auditoriyasi yoshlar bo‘lib, ular orasida so‘nggi paytlarda an’anaviy giyohvand moddalaridan tashqari turli sun’iy (sintetik) moddalar iste’moli ommalashayotgani hammamizni tashvishlantirishi kerak.

Yana bir jihat. Hozir yoshlarni giyohvandga aylantirish uchun ularni ko‘chalarda qidirib yurishdan ko‘ra internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali yo‘ldan urish oson bo‘lib qoldi. Internetga kirib, sintetik psixoaktiv moddalar tayyorlash va ularni iste’mol qilish bo‘yicha ming hil “maslahat” topish mumkin.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, giyoxvandlikka qarshi kurashish faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ishi, deya qarash noto‘g‘ri. Bunga hamma – butun jamiyat mas’ul!" - dedi Senat raisi.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан