Akmal Umirzakov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi. Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan. Glazgo universitetidan (Shotlandiya) xalqaro huquq, Sukuba universitetidan (Yaponiya) xalqaro munosabatlar boʻyicha magistrlik darajasini olgan. Inson huquqlari boʻyicha Daniya instituti (Daniya) va BMT universitetida (Yaponiya) xalqaro inson huquqlari boʻyicha malaka oshirish kurslarini tugatgan.