Davronbek Tojialiyev

Davronbek Tojialiyev - jurnalist, bloger. Ziyouz.com portali asoschisi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetida (2001-2005) va Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti magistraturasida (2005-2007) taʼlim olgan. AQSH, Germaniya, Turkiya, Polsha, Qozogʻiston davlatlarida malaka oshirgan. Xalqaro “Oltin qalam” mukofotini sovrindori. “Shuhrat” medali sohibi.

«Qo‘ylar to‘dasi» kim?

Bayonotda “Insonlar LUKOYLning bebaho qadriyatidir“ deyilgan bo‘lsa-da, ular "aybdor" xodimidan ham, o‘zbek xalqidan ham bir og‘iz kechirim so‘ramadi.

Kolima — dahshat ostonasi

Yutubda 5 milliondan ortiq obunachiga ega rossiyalik bloger Yuriy Dudning “Kolima – rodina nashego straxa” deb nomlangan 2 soatlik hujjatli filmi rus mediasida shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Unda Stalin qatag‘onlarining ayanchli oqibatlari haqida fikr bildirilgan.

«Tilimizni qaytarib bering!»

O‘z tiliga e’tiborsiz millatdoshning davlat va xalqqa e’tibori so‘roq ostida qoladi. Tilini sotgan eng birinchi bo‘lib Vatanini sotadi!

Beslan: Rossiya tarixidagi eng qora dog‘

Yuriy Dud maktabdagi otishmalar boshlanishiga Rossiya maxsus kuchlarining qo‘shni uy tomidan granatamet orqali sportzalni nishonga olgani sabab bo‘lgan degan versiyani ham beradi. Shuningdek, “davlat terroristlar bilan muzokara olib bormaydi” prinsipi har doim ham foyda bermasligini ta’kidlaydi.

Bishkek taassurotlari: SSSRga qaytib

2019 yili mobil internet eng arzon davlatlar orasida Qirg‘iziston Hindistondan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi. Darvoqe, bu yerda atigi 50 somga (6000 so‘m) 10 Gb mobil internet trafigini sotib olish mumkin. Aksariyat mobil tariflarda Youtube va ijtimoiy tarmoqlar trafigi tekin.

Turkiyani yig‘latgan Hoji Yo‘ldosh Marg‘iloniy kim edi?

Turkiya tarixida muhim rol o‘ynagan Ozodlik urushida o‘zbeklar bizni doim qo‘llab-quvvatlab turdilar. Haj vazifasini ado etgandan keyin o‘z yurtiga qaytarkan, Chukurovada “Quvvayi milliya”ga qo‘shilgan turkistonlik ko‘ngillilar, Hoji Yo‘ldosh va do‘stlarining xotirasi qalbimizda abadiy saqlanajak”.

“Vaqtinchalik propiska”ni onlayn olish osonmi?

Xulosa: agar siz axborot texnologiyalaridan kamroq xabardor bo‘lsangiz, elektrondan ko‘ra, an’anaviy ariza topshirganingiz ma’qul. Kamroq vaqtingiz ketadi. Lekin onlayn arizani topshirishda boshida bir marta ovora bo‘lasiz-da, keyingilari juda oson kechadi.

Ma’naviyat mavhum tushunchami?

So‘nggi hafta o‘zbek internet segmentida «Ma’naviyat» so‘zi juda urf bo‘ldi. Ma’naviyat va «Ma’naviyat» istovchilari hamda istamovchilari ikki taraf bo‘lib, maqola, munosabatlar bildirdilar.

Kim “horomi”?

O‘lganning ustiga tepgan kabi, musibatzadalarga “horomilar” deya murojaat qilgan viloyat hokimi: “Mard bo‘lsang, shundoq chiq-da, yo‘qolib ket” deganda tuman hokimi: “Kim horomi? Hokimiyating ham, kresloying ham o‘zingga siylov” deb chiqib ketishi kerakmasmidi?

Musofir — muhojir — migrantning noni

2005 yili universitetni bitirgach, propiskam muddati ham tugadi. Cho‘zdira olmadim — ishimdan bo‘shatishdi. 3-4 oy rosa ish qidirdim — propiskasiz qabul qilishmadi. U paytlar internet bugungidek emas, onlayn ish topish ham imkonsiz edi.