Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Italiyada ajrashgan erkaklar uchun boshpanalar ochilmoqda
16.11.2019 18:57,  
237

Italiyada ajrashgan erkaklar uchun boshpanalar ochilmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik.

Xabarda aytilishicha, bu mamlakatda er-xotin ajrashadigan bo‘lsa, 60 foiz holatlarda umumiy boshpana bolalari bilan yolg‘iz qolayotgan ayol nomida qoladi. 94 foiz holatlarda erkaklar zimmasiga nafaqat o‘z farzandlari, balki rafiqasi uchun ham aliment to‘lash majburiyati yuklanadi. Toki ayol ajrashgandan so‘ng hayot tarzi darajasi pasayganini his qilmasligi lozim.

Italyan erkaklariga bu to‘lovlar oyiga o‘rtacha 1 000 yevroga tushmoqda va ular orasida hatto ishlaydiganlari ham bu mablag‘larni to‘lashga imkonsiz qolmoqda.

Ayollari tomonidan uydan haydab chiqarilgan italiyalik erkaklar ularga moddiy yordam ko‘rsatish nari tursin, hatto o‘zi uchun ijaraga boshpana olishga qodir emas. Ularning aksariyati do‘stlari va tanishlarinikida yashashga majbur bo‘lmoqda. Ayrimlari oqshomlarni shaxsiy avtomobillarida o‘tkazishadi. Bu singari erkaklar soni yiliga oshmoqda.

Ajrashgan erkaklar uyushmasi ta’kidiga ko‘ra, mahalliy hukumat bu muammoga katta e’tibor qaratmoqda, sababi u oddiy masaladan o‘tkir ijtimoiy tus olgan muammoga aylangan va hech ko‘pirtirishlarsiz aytish mumkinki, bugungi kunda davlat miqyosigacha ko‘tarildi.

Bugun butun mamlakatda ajrashayotgan erkaklar uchun boshpanalar qurilmoqda, boshpanalar volonterlar yoki nasroniylik tashkilotlari tomonidan taqdim etilmoqda.

Erkaklar uchun bu nafaqat boshpanaga ega bo‘lish, balki farzandlar bilan ko‘rishish va uning hayotini odatiy tartibga qaytarishga qodir bepul psixolog maslahatini olish uchun imkoniyat demakdir. Ammo bu kabi makonlarda bir yildan ortiq muddat qolish mumkin emas. Shu vaqt ichida erkak doimiy ish va turarjoyga ega bo‘la olishi shart.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан