Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qaysi viloyat aholisida eng ko‘p mashina borligi ma’lum bo‘ldi
24.09.2020 12:06,  
2824

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan 2,5 mlndan ortiq avtotransport vositalari mavjud. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Usmon Abdurasulov ma’lum qildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 2020 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 580 133 tani tashkil etadi. 

Mazkur avtotransport vositalaridan:

  • Yengil avtomobillar – 2 410 421 ta 
  • Yuk avtomobillari – 150 294 ta 
  • Avtobuslar – 5 072 ta 
  • Mikroavtobuslar – 10 590 ta
  • Maxsus transportlar – 3 756 ta

2020 yil 1 yanvar holatiga respublika hududlarida eng ko‘p Samarqand (311 997 ta), Toshkent (253 073 ta) va Farg‘ona (243 230 ta ) viloyatlari aholisida avtotransport vositalari mavjud.

 

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан