Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​Venetsiya suv ostida qoldi (video)
13.11.2019 20:32,  
572

Italiyaning sayyohlik markazlaridan biri bo‘lgan Venetsiya shahrining tarixiy markazi uzoq vaqtdan beri davom etayotgan yomg‘irlar sabab suv ostida qoldi. Bu haqida Reuters nashri xabar bermoqda.

Shahardagi ko‘plab do‘kon va kafelarga suv toshgan, mashhur San-Marko maydonida ulkan ko‘lmak hosil bo‘lgan. Ehtiyot chorasi sifatida 12 noyabrdan Venetsiyadagi bolalar bog‘chalari faoliyati to‘xtatildi, mehmonxonalar mijozlariga tizzadan baland etiklar tarqatmoqda.

«Mubolag‘a qilmayapman, ammo shaharning 80 foiz qismi suv ostida qoldi. Dahshatli zarar nashri», - dedi Veneto viloyati gubernatori Luka Dzaya o‘z bayonotida.

Meteorologlar 12 noyabr oqshomida Italiya shimoli-sharqi va Sitsiliya orolida yana yomg‘ir yog‘ishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Venetsiyada har to‘rt yilda bir marta «suv ko‘tarilishi» davri bo‘ladi. Ammo odatda suv sathi 110 santimetrdan baland ko‘tarilmas edi. Ayni vaqtda shaharda suv sathi 187 santimetrga ko‘tarilgan.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан