Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiya elchisi Nodira Qodirovaning o‘limi yuzasidan TIVga taklif qilindi
9.11.2019 10:25,  
1235

2019 yilning 8 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Er Mehmet Surayyani bilan uchrashdi. Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, vazir o‘rinbosari Turkiya elchisini joriy yilning 23-sentabr kuni Anqara shahrida O‘zbekiston fuqarosi Nodira Qodirovaning o‘limi bilan bog‘liq vaziyatga tushuntirish olish uchun taklif qilgan.

Elchi O‘zbekiston fuqarosi vafotiga olib kelgan fojiali voqea munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi va hozirgi paytda Turkiyaning tegishli idoralari har tomonlama va sinchkovlik bilan tergov o‘tkazayotganini, ushbu ishga doir barcha holatlar o‘rganilayotganini qayd etdi.

Shuningdek, elchi tergov ob’yektiv olib borilishini, O‘zbekiston tomoni esa tezkor va muntazam tarzda tergovning borishi va natijalari to‘g‘risida xabardor qilinishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning sentabr oyida Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati, nafaqadagi general Shirin Unalning uyida oqsoch bo‘lib ishlayotgan 23 yashar o‘zbekistonlik Nodira Qodirova generalning to‘pponchasi bilan o‘zini otib qo‘ygan edi. Natijada, u Istanbuldagi Bilkent shifoxonasida vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан