Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pentagon Bag‘dodiy operatsiyasining videotasvirlarini e’lon qildi (video)
31.10.2019 14:25,  
2152

Pentagon IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘limi bilan tugagan harbiy operatsiyaning videotasvirlarini e’lon qildi, deya xabar bermoqda «Yevronyus».

AQSh Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM)ning ma’lum qilishicha, Idlibdagi operatsiyada yana besh jangari o‘ldirilgan, ulardan to‘rt nafari ayollar bo‘lgan. Ayollar qurolni tashlash haqidagi buyruqqa bo‘ysunmagan.

CENTCOM rahbari Kennet Makkenzi Bag‘dodiyning oxirgi lahzalari haqida gapirib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID yetakchisi tonnelga kirib o‘zini portlatib yuborgan. Bu paytda uning yonida avval aytilganidek uch bola emas, ikki nafar bola bo‘lgan.

AQSh harbiylari operatsiya joyida katta hajmdagi hujjatlar va elektron qurilmalarni qo‘lga kiritgan. Ikki kishi qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘lganini 27 oktyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp e’lon qildi.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан