Koronavirus pandemiyasi tufayli Turkiyaning Istanbul shahrida qiyin vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga bir guruh yurtdoshlar tashabbusi bilan yordam aksiyasi uyushtirildi.
“Biz birgamiz” deb nomlangan aksiya doirasida 550 oilaga oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, yog‘ va go‘sht tarqatildi. Bu hafta yana 100 oilaga xuddi shunday maxsulotlarni tarqatish rejalashtirilgan. Oilalar har kuni bepul non bilan ta’minlanyapti.
Bundan tashqari, 100 ga yaqin oilaga “Bim” oziq-ovqat do‘konlari tarmog‘ining kartochkalari tarqatildi.