Valyuta kursi: O'z.R.Markaziy banki
USD
AQSH dollari
EUR
Evro
RUB
Rossiya rubli
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

So'nggi yangiliklar






OTMlarda qaysi sohalar uchun davlat grantlari ikki barobar oshirilishi ma’lum qilindi
20.02.2020 17:12,  
2077

Avval xabar qilganimizdek, Xalqaro press-klubning 2020 yil Davlat dasturiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ijtimoiy sohaga bag‘ishlandi.

Unda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov tadbir davomida oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida qabul qilish oshirilishini aytib o‘tdi.

“Bu yil davlat grantlari ikki barobar oshiriladi. Ular asosan matematika, kimyo va geologiya yo‘nalishlariga beriladi.

Biz bu yil Oliy o‘quv yurtlariga qabul testlari savollari oson bo‘ladi deb ayta olmaymiz, chunki hozir xam ular qiyin emas”, — dedi u.

Bundan oldin, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini yanada soddalashtirish mo‘ljallanayotgani xabar qilingandi.

MAVZUGA DOIR: OTMlarga talabalarni qabul qilishda davlat grantlari 2 barobar ko‘paytiriladi (video)

Shavkat Mirziyoyevning Parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasi shunday degan edi:

"Maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2020 yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkazamiz. Bu borada shuni unutmaslik kerakki, oliy ta’lim qamrovini oshirish, to‘lov kontraktiga bog‘liq bo‘lib qolmasligi zarur.

Shuni hisobga olib, oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabul qilish davlat grantlarini 2 barobar ko‘paytiramiz, desam, sizlar bu fikrga qanday qaraysiz?"

Tavsiya etamiz






Har doim xabardor bo'ling!

carzone.uz. mobil ilovalarini ko'chirib oling va barcha yangiliklar siz bilan