Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saudiya valiahd shahzodasi Qoshiqchining o‘limiga mas’ul ekanini tan oldi
26.09.2019 17:02,  
690

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Oli Saud jurnalist Jamol Qoshiqchining Istanbuldagi Saudiya konsulligida o‘ldirilishiga mas’ul bo‘lganini tan oldi. Bu haqda payshanba kuni AQShdagi PBS (Public Broadcasting Service) saytida joylashtirilgan Frontline hujjatli filmining navbatdagi soni anonsida aytildi. Martin Smitning ushbu filmi 1 oktyabr kuni efirga chiqadi.

“Bu voqea men xizmatda (ya’ni, mamlakat boshqaruvida) bo‘lgan paytimda sodir bo‘ldi. Barcha mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman”, degan shahzoda hozirda Saudiya boshqaruvida qiroldan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi. Ammo u Qoshiqchi bilan qanday voqea sodir bo‘lganidan bexabar bo‘lganini ham aytib o‘tgan. Muhammad bin Salmon Oli Saudning tushuntirishicha, “qirollikda 20 million fuqaro va 3 million davlat xizmatchisi bo‘lib, ularning har biri nima qilayotganini bilib turish imkonsiz ish”.

Taxt vorisi jurnalistni o‘ldirgan “qotillar jamoasi” Ar-Riyod va Istanbul orasida qirollik aviaparkiga qarashli xususiy biznes-jet samolyotlarida uchib yurgani haqidagi savolga “Amaldor va vazirlar o‘z vazifalari, mas’uliyat doiralariga ko‘ra bunday qilishga (qirollik oilasiga tegishli samolyotlardan foydalanishga) haqli” deb izoh bergan.

Rasmiy Ar-Riyod siyosatini qattiq tanqid qilishi bilan tanilgan saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi 2018 yil 2 oktyabr kuni mamlakatning Istanbuldagi konsulligiga kirib ketgani bo‘yicha bedarak yo‘qolgan. Faqat 20 oktyabrga borib Saudiya hukumati uning konsullik binosida kelib chiqqan ziddiyat natijasida o‘ldirilganini xabar qildi. Xalqaro hamjamiyat bu jinoyatni qat’iy qoralab, Ar-Riyodni shaffof tergov o‘tkazishga da’vat qilgan edi.

Qoshiqchi o‘ldirilgan vaqtda ko‘plab tahlilchilar, siyosiy kuzatuvchilar “buyog‘iga AQSh va Yevropaning Saudiya Arabistoniga nisbatan siyosati o‘zgarishi, uni endi qo‘llamasliklari” haqida fikr bildirishgandi. Ammo boshida saud hukumatini qattiqroq tanqid qilgan g‘arb mamlakatlari vaqt o‘tishi bilan mavjud vaziyatga ko‘nikib ketdi. Bugun Qoshiqchi haqida juda kam eslanyapti.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан